Metrologiya xizmatlari oʻrtasida malakani tekshirishni tashqil qilish va oʻtkazish

Malakani tekshirish dasturlarida qatnashish Oʻz DSt ISO/IEC 17025:2007 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qoʻyiladigan talablar”, Oʻz DSt 3444:2020 “Oʻlchash vositalarini qiyoslashni amalga oshiruvchi metrologik xizmatlarning layoqatliligiga qoʻyiladigan umumiy talablar” davlat standarti talablariga muvofiq laboratoriya layoqatliligini tasdiqlash uchun majburiy shartlardan biri hisoblanadi.

Malakani tekshirish laboratoriyalararo solishtirishlar orqali amalga oshiriladi va laboratoriya ishining sifatini tasdiqlash, oʻlchash ishlarida aniq natijalarni olishda ishonchli yoʻllardan biri hisoblanadi hamda sifat tizimini yaxshilashga yordam beradi.

Hozirgi paytda xalqaro va milliy talablarga mos kelish uchun, oʻlchash natijalarini tan olish, laboratoriyaning ijobiy qiyofasini yaratish maqsadida laboratoriyalarga oʻz oʻlchash natijalarining aniqligi va taqqoslanishini tasdiqlash kerak.

Malakani tekshirishda qatnashish laboratoriyalarga boshqa laboratoriyalar natijalariga nisbatan oʻz oʻlchash natijalarining aniqligi va taqqoslanishini, maxfiylikni saqlangan holda baholash, hamda layoqatlilikni tekshirish natijalarini oʻtkaziladigan oʻlchashlarning aniqlik koʻrsatkichlarini toʻgʻrilash yoki tasdiqlashda qoʻllashga imkon beradi.

Malakani tekshirish orqali oʻz ishini baholash, laboratoriyalarga akkreditatsiya va auditlarda muhim boʻlgan kalibrlash yoki qiyoslash ishlarining sifatini tasdiqlashga imkon beradi.

Xorijiy mamlakatlar provayderlari va malaka tekshirish dasturlari tugrisida malumot.

Davlatlararo malaka tekshirish dasturlari.