ANDIJON FILIALI

  1. Filial hududi haqida umumiy ma’lumot:

Andijon filiali hududida 4ta shahar, 14ta tuman, 24ta dehqon bozorlari mavjud. Hududda 67ta yirik korxonalar va 4708ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashgan, shundan 323ta eksporterlar.

  1. Filial haqida umumiy ma’lumot:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baxolash tizimini yanada takomillashtirish va sinov labratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risida» gi 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli Qaroriga muvofiq, «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» DK Andijon filiali o’z faoliyatini 2020 yil yanvar oyidan boshlagan. Laboratoriyalar soni 7ta bo’lib, ularda:

  • geometrik kattaliklarni o’lchash,
  • massa birliklarini o’lchash,
  • kuch va qattiqlik birliklarini o’lchash,
  • vaqt va chastota o’lchashlari,
  • harakat parametrlarni o’lchash,
  • bosim birligini o’lchash,
  • sarf va sig’im kattaliklarini o’lchash,
  • harorat va issiqlik fizikasiga oid o’lchashlar,
  • fizik-kimyoviy o’lchashlar,
  • optik va optik-fizikaviy o’lchashlar,
  • elektr o’lchashlar,
  • zichlik va qovushqoqlik kattaliklarini o’lchash turlari bo’yicha qiyoslash va metrologik attestatlash ishlari amalga oshiriladi.
  1. Hududdagi asosiy sanoat tarmoqlari:

 Mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, neft va gazni qayta ishlash, energetika, paxtani qayta ishlash sanoati,sog’liqni saqlash.

  1. Filial xodimlari haqida umumiy ma’lumot:
  • Andijon filialida xodimlar soni 24 nafar bo’lib, shulardan 13 nafari O’lchov vositalari ustidan metrologik tekshiruv bo’limida,11 tasi qiyoslovchi.

Andijon filiali

Adres: Andijon sh., Fitrat ko‘chasi, 251 uy

Telefon: (74) 223 87 83

E-mail: andijon@nim.uz

Filial rahbari:Patidinov Nurillo Turg’unbayevich

Telefon:(90) 6017700