O‘zbekiston milliy metrologiya institutining “Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi”ga 40-etalon qabul qilindi

⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining “Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi”ga kuch birligini taqqoslash bo‘yicha 40-etalon – Kuch birligini taqqoslash milliy etaloni qabul qilindi. Mazkur etalonning joriy etilishi dinamometr orqali kuch birligini yuqori aniqlikda o‘lchash vositalariga uzatish imkonini yaratadi. Shuningdek, kuch o‘lchash etalon mashinalarini, […]

📢O’zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan o’lchash laboratoriyalariga virtual sayohat yo’lga qo’yildi

💳 Endilikda siz videoda ko’rsatilgan havola orqali O‘zMMIning o’lchash laboratoriyari muhiti bilan tanishishingiz va istalgan joydan virtual sayohat qilish imkoniyatiga ega bo’lasiz. ✅Ushbu virtual sayohat orqali siz zamonaviy institutning laboratoriyalarini tomosha qilishingiz hamda onlayn tur orqali amalga oshiriladigan metrologik tadqiqotlar, kalibrlash va sinov jarayonlari, shuningdek yuqori aniqlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologiyalar haqida to‘liq tasavvur […]

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro metrik Konvensiyaga O’zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi

2025 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875 yil 20 may, 1907 yil 17 oktyabrdagi, 1913 yil 11 oktyabrdagi va 1921 yil 6 oktyabrdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi Qonunni imzoladi. Mazkur huquqiy hujjat qabul qilinishi bilan O‘zbekiston rasmiy ravishda dunyodagi nufuzli metrologiya kelishuvi — 1875 yilda tuzilgan […]

O‘zMMI Fotometriya laboratoriyasi xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti fotometriya yo‘nalishi bo‘yicha SIM (Inter-American Metrology System) tashkiloti doirasidagi SIM.PR-K3 xalqaro solishtirishida ishtirok etmoqda. 💡Solishtirish artefaktlari — etalon lampalarda yorug‘lik kuchi birligi bo‘yicha o‘lchovlar texnik bayonnomada ko‘rsatilgan barcha ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda to‘rt hafta davomida amalga oshirildi. ✍️O‘lchashlar yakunlanib, artefaktlar ushbu loyihaning pilot laboratoriyasi — Meksikaning milliy metrologiya instituti […]

COOMETning “Fizik-kimyo” TQ 1.8 Texnik qo‘mitasi 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔄 Oktabr oyida bo’lib o’tgan tadbirda Fizik-kimyo sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda o‘lchash natijalarining ekvivalentligini taʼminlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek COOMET (https://coomet.info/)doirasida amalga oshirilgan solishtirishlar va ularning natijalari ko’rib chiqildi. 🔄 Gibrid shaklda bo’lib o’tgan ushbu yig’ilishda Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok […]

Incheon mezbonligidagi APMP 41-yig‘ilishi: O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/ru) vakillari Osiyo–Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) (https://www.apmpweb.org/) Bosh Assambleyasining 41-yig‘ilishida, shuningdek Davlat metrologiya muassasalarining Yevro–Osiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti nomidan ishtirok etmoqda. 📍Nufuzli anjuman 2025 yil 21–28 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida, Koreya o‘lchovlar va ilmiy-tadqiqot instituti (Korea Research Institute of Standards and Science – KRISS) (https://www.kriss.re.kr/eng/) tomonidan tashkil etilmoqda. […]

O‘zbekistonda ilk bor raqamli kalibrlash sertifikati qo‘llanildi

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi xodimi tomonidan akustik o‘lchashlar sohasida raqamli kalibrlash sertifikati (Digital calibration certificate – DCC) ni qo‘llash bo‘yicha yarim avtomatlashtirilgan kalibrlash tizimi ishlab chiqildi. Shuni ta’kidlash joizki, bu loyiha O‘zbekiston metrologiyasida ilk bor taqdim etilmoqda. 🔄Mazkur raqamli kalibrlash sertifikati generatsiya qilish funksiyasi akustik kalibratorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, […]

Doktoranturaga kirish uchun kirish imtihonlari va suhbat o’tkazildi (PhD va DSc)

✍️ 24-noyabr kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida mustaqil izlanuvchilik va tayanch doktorantura (PhD)ga kirish uchun, shuningdek doktorantura (DSc)ga nomzodlarni tanlab olish bo‘yicha kirish imtihoni va suhbat o’tkazildi. 🧾Imtihon va suhbat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom talablariga to‘liq amal qilingan holda o‘tkazildi.

Xitoyning SANCHUAN kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🔄O‘zbekiston milliy metrologiya institutida zamonaviy suv hisoblagichlari va suv hisobini yuritishning intellektual tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xitoyning SANCHUAN kompaniyasi (https://www.sanchuanwatermeter.com/) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning maqsadi O‘zbekiston suv ta’minoti tizimlari uchun yuqori aniqlikli o‘lchash vositalarini joriy etish sohasida hamkorlik istiqbollarini va Andijon viloyatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. ⚡️ […]

vtomobil va vagon tarozilarining metrologiya tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘chma mobil laboratoriya ishga tushirildi

📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi. 🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 […]