Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2017-yilda roʻyxatdan oʻtkazilgan “Metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarorida metrologiya tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tibbiy texnikalar va ularning metrologik tekshiruvdan oʻtkazish davriyligi belgilangan. Ayrim hollarda ushbu muddatga amal qilish yaʼni insonlarni davolash va tashxis qoʻyishda foydalaniladigan tibbiy oʻlchash vositalarini toʻgʻri va aniq ishlayotganligi oʻz vaqtida tekshirilmaydi. Bu tibbiyotga murojaat qilgan kishining salomatligi va taqdiriga xavf tugʻdirishi mumkin. Zero toʻgʻri ishlamagan tashxis uskunasi bilan aniq tashxis qoʻyib boʻlmasligi aksincha, sogʻliqqa zarar keltirish mumkin hollarni keltirib chiqarish ehtimoli koʻproq boʻladi.

Kuni kecha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan viloyatda Sogʻliqni saqlash vazirligining yuqoridagi qarori va texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida tashxis va davolashda qoʻllaniladigan 15 ta tibbiy texnika mavjudligi aniqlanib uskunalar yilda bir marotaba metrologik tekshiruvdan oʻtkazilishi kerakligi eslatib oʻtildi. Shu vaqtning oʻzida tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilib inson salomatligi va taqdiri uchun muhim boʻlgan tibbiy oʻlchash vositalari metrologik tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining malakali metrologlari ishtirokida maxsus tibbiy texnikalarni metrologik tekshiruvdan oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mobil laboratoriya yordamida amalga oshirilgan tekshiruv natijalari boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirlib tibbiyot birlashmasi masʼullariga taqdim qilindi.

Samarqand filiali