Tadbirkorning vaqti tejaldi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo filiali xodimlari tadbirkorlik subyektlariga doimiy qulay xizmat koʻrsatishni asosiy maqsad qilgan holda faoliyat olib bormoqdalar.
Bugun filial metrologlari tomonidan hamkor tibbiyot korxonasiga sayyor metrologik xizmat koʻrsatildi. Sirdaryo tumanida joylashgan “REKA-MED-FARM” MCHJ dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Ishlab chiqarishda mahsulot sifati va uning xavfsizliliga bevosita taʼsir qiluvchi korxonaga tegishli boʻlgan 48 ta oʻlchash vositalariga joyning oʻzida metrologik xizmatlar koʻrsatildi. 4 ta oʻlchash vositalari belgilangan tartibda filial tomonidan logistik xizmat koʻrsatish orqali Toshkent shahrida joylashgan institut laboratoriyasiga yuborilib tadbirkor vaqti tejaldi.
Shu bilan birga filial xodimlari Texnik jixatdan tartibga solish agentligi faoliyatiga doir yangi qabul qilingan Farmon va qarorlar toʻgʻrisida korxona masʼullariga tushuntirishlar berishdi.

Matbuot xizmati