Metrologik lugʻatdan oʻnta soʻz

Annigilyatsiya – Zarra va uning antizarrasi orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv bo‘lib,buning natijasida ular yo‘q bo‘ladi va boshqa turdagi zarralar hosil bo‘ladi

Anemometr – Shamol, gaz va suyuqlik oqimlarining tezligini o‘lchash uchun asbob

Angstrem – Uzunlikning tizimdan tashqari birligi; 1 A = 10-10 m

Amplituda – Garmonik yoki boshqa davriy qonun bo‘yicha o‘zgaradigan biror bir kattalik qabul qiladigan eng katta qiymat

Amper soat – Elektr miqdorining tizimdan tashqari birligi; elektr tok kuchi 1 A bo‘lganda 1 soat davomida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan o‘tayotgan elektr miqdorini ifodalaydi.

Ampermetr – Elektr tok kuchini o‘lchash asbobi; asosiy uzellari elektr o‘lchash mexanizmi hamda o‘zgartiruvchi va ko‘rsatuvchi qurilmalardan iborat

Ampervoltommetr – Elektr tok kusi va kuchlanishini, shuningdek, elektr qarshilikni aniqlash uchun asbob

Alfa-zarra – ikki proton va ikki neytrondan tashkil topgan hamda yadroviy parchalanish jarayonida ba’zi radioaktiv moddalardan chiqadigan ionlovchi zarra

Alfa hisoblagich – Alfa-zarralarni qayd qilish uchun hisoblagich

Alfa-Spektroskopiya – Alfa nurlanishdan foydalanilgan ionlovchi nurlanish spektroskopiyasi