Top oil korxonasiga metrologik xizmat ko‘rsatildi

 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Olmaliq filiali mutaxassilari bugun Angren shahrida joylashgan “Top oil” korxonasiga sayyor metrologik xizmat ko‘rsatishdi.

Margarin va mayanez mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashtirilgan ushbu korxona 3 yidan ziyod vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahsulot ishlab chiqarish quvvati kuniga 100 tonnadan ortiqni tashkil qiladi. Faoliyat boshlaganiga uzoq muddat bo‘lmagan bu korxona hozirda o‘z mahsulotlarini Turkmaniston va Qirg‘iziston Respublikalariga yuborib yurtimizdagi ekportyor korxonalar safidan joy olgan.

Metrologik sayyor xizmat ko‘rsatgan filial mutaxassilari korxonaning 30 dan ortiq o‘lchash va sinov vositalari qiyoslashdan o‘tkazishdi.

Matbuot xizmati