Til va tarix xotiralari esga olindi

      O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zekiston milliy metrologiya instituti, Departament hamda UzTest markazi Samarqand filiallari xodimlari ishtirokida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi bag‘ishlangan “O‘zbek tili bayrami kuni” ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Noibaxon Mamadaliyeva, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi vakili Nodir Qudratov, viloyat ma’naviyat va ma’rifat jamiyati a’zosi Nigora Boboyarova hamda Samarqand viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Shoiraxon Berdiyorovalar taklif qilindi.

Ishtirokchilar o‘zbek tili tarixi, til millatni bebaho boyligi ekanligi haqida qiziqarli voqealar asosida suhbat olib borishdi. Shuningdek, tilga bag‘ishlangan sherlar o‘qib eshittirildi.

Tadbirda ijodkorlar tomonidan til va tarix haqida esga olingan xotiralar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Suhbat so‘ngida O‘zekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filialida davlat tilida ish yuritish o‘rganildi.

Matbuot xizmati