Oʻlchashlar aniqligi davr talabi

Insoniyat taraqqiyoti rivojlana borgan sari ishlab chiqarish jarayonlari, oʻlchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. Oʻlchashlar inson faoliyatining ajralmas bir boʻlagi boʻlib, uning hayotini oʻlchashlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi.

Respublikamizda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitini yaxshilash, insonlar salomatligi va atrof muhitni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omillardan biri foydalanilayotgan oʻlchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini muntazam ravishda taʼminlash hisoblanadi.

Oʻlchashlar ilmi boʻlgan metrologiya yoʻnalishida hozirda yurtimizda sezilarli oʻzgarishlar olib borilib, hukumat tomonidan ushbu yoʻnalishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa oʻz navbatida tizim rivojlanishi yoʻlida juda koʻp imkoniyatlar yaratmoqda. Oʻlchashlar tizimi rivojlangan mamlakatda albatta ilm-fan, iqtisodiyot, aholi salomatligi va turmush tarzini yuqori darajaga koʻtarilishiga erishiladi. Bu esa oʻz navbatida har bir mamlakatning jahon davlatlari orasida oʻziga xos salohiyati va kuch – qudratini koʻrsatib turadi.

Hozirgi davrimizning rivojlanib borayotgani, raqamli iqtisodiyotga oʻtilayotgani yaʼni, insonlarning atrofidagi barcha jonli va jonsiz mavjudodning oʻlchamlari hisob-kitobining olib borilishi samarasida deyish mumkin. Bugungi taraqqiyot insoniyatning bilim olishga boʻlgan ehtiyojini yangi bosqichga chiqishi natijasidir. Metrologiya rivoji yaʼni, oʻlchashlar aniqligining yangi yuqori aniqlik darajasiga chiqishi ham ana shu natijaning mevasi boʻlib koʻrinish bermoqda.

Ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali xodimlari xalqaro talablar asosida kalibrlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida faoliyat olib borishmoqda. Shu bilan birga viloyat miqyosida har bir hamkor sohani rivojlanishi va samaradorligini oshirishda metrologiya xizmatining yuqori sifatini taʼminlash uchun amaliy ishlarni bajarilmoqda. Yaʼni birgina filial sinovlarining natijasini xalqaro talablar asosida bajarilishi ham jamoa uchun juda katta qadam boʻlib davlatimiz salohiyatini yanada yuqori darajaga koʻtarilishiga kichik boʻlsada ulush boʻlib qoʻshiladi.

Samarqand filiali