Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash (МГС)ning Tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar ishchi guruhining (РГ ИЗ НТКМетр) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Rossiyaning Sochi shahrida 23-sentabr kuni РГ ИЗ НТКМетр ning 7-yig’ilishi gibrit formatda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekistonning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Ushbu yig’ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari ikki holatda – ofline va online formatida ishtirok etishdi.

Kun tartibiga ko‘ra a’zo mamlakatlar vakillari tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar yuzasidan so‘nggi bir yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi hamda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi.Ishchi guruhning 6-yig’ilishida amalga oshirishga kelishib olingan masalalar yuzasidan guruh a’zolari hisoboti tinglandi.

Shuningdek, РГ ИЗ НТКМетр ning 7-yig’ilishida Armaniston va O‘zbekiston vakillari tomonidan bir necha yildan beri amalga oshirilmayotgan o‘lchash funksiyasiga ega bo‘lgan yagona tibbiy texnika ro‘yxatini shakllantirish masalasi yil yakuniga qadar ishtirokchi davlatlarning qonunchiligiga asoslangan holda tavsiyaviy ro‘yxati loyihasini ishlab chiqish masalasi ko‘tarildi va yig’ilish bayoniga kiritildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan аholi orasida virusli pnevmoniya va qonda surunkali kislorod yetishmovchiligi bilan kuzatiladigan ko‘plab patologiyalar oshib borayotganligi sababli bugungi kunda tibbiy tekshiruv-diagnostika vositasi pulsoksimetrlarni metrologiya tekshiruvini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan ishtirokchi davlatlar vakillarini tanishtirdi hamda ishchi guruh doirasida pulsoksimetrlarni qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqishda O‘z DSt 8.091:2020 “Pulsoksimetrlar. Qiyoslash uslubiyoti” davlat standarti asosida ishlab chiqilishi tavsiya etildi.

Matbuot xizmati