Metrologlar bilim va koʻnikmalarini chet ellik hamkasblariga ulashishmoqda

  Germaniya Federal fizika-texnika institutining (PTB) “Markaziy Osiyo davlatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasi asosida
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) ning 3 nafar malakali metrologi Tojikiston Respublikasining “Tojikstandart” agentligida tajriba oʻrgatish amaliyotini olib borishmoqda.

Loyiha 2019-2022-yillarga moʻljallangan mazkur loyihada Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston davlatlarining standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

OʻzMMIning malakali metrologlari ayni paytda loyiha doirasida “Tojikstandart” agentligi metrologiya laboratoriyalarining mutaxassislariga kalibrlash va etalon laboratoriyalaridan foydalanish boʻyicha oʻquv amaliy seminar olib borishmoqda. Shuningdek, chet elda malaka oshirib qaytgan metrologlar, hamkasb mutaxassislariga tarozi va termometrlarni xalqaro metodlar asosida kalibrlash yuzasidan tajriba almashib, bilim va koʻnikmalarini ulashishmoqda.

Matbuot xizmati