Metrologik lugʻatdan oʻnta soʻz

Adapter – 1. Moslashtiruvchi qurilma; 2. Ikki kanalli almashishni qoʻllash uchun qurilma.

Adaptatsiya – Moslashuv. Tizimning real sharoitlarga moslashuvi.

Agregatlash – Standartli va unifikatsiyalangan detal hamda uzellardan mashina va uskunalarni konstruksiyalash usuli

Avtomatika – Avtomat boshqaruv nazariyasi, shuningdek, avtomat tizimlar tuzilishining prinsiplarini qamrab oluvchi fan va texnika sohasi

Avtomatlashtirish – Boshqaruv vazifalarini bajarish uchun avtomat vositalarning qoʻllanilishi.

Avtomat – 1. Energiya, materiallar va axborotlarni olish, oʻzgartirish, uzatish va ulardan foydalanish jarayonidagi barcha operatsiyalarni insonning bevosita ishtirokisiz berilgan dastur boʻyicha bajaradigan qurilma (yoki qurilmalar yigʻindisi). 2. Texnik tizimning abstrakt modeli.

Avtokollimatsiya – Optik tizimdan chiqqan va obyektdan aks etib yana shu optik tizimga qaytgan ikkita parallel nurlanish dastasining bir-biriga mos kelishi.

Avtokollimator – Avtokollimatsiyadan foydalangan holda kichik burchaklarni oʻlchashga moʻljallangan optik asbob; durbin va sanoq qurilmasidan tashkil topgan.

Absorbsiya – Eritma yoki gaz aralashmasidagi moddalarning qattiq jism va suyuqliqlar tomonidan butun hajmiga yutilishi (shimilishi).

Aberratsiya – (og‘ish) Me’yordan og‘ish, normadagi qiymatlardan chetga chiqish. Optik tizimlarda tasvirning buzilishi; tasvir aniq chiqmay, ob’yektga to‘liq mos kelmaydi yoki chaplashib ko‘rinadi. Aberratsiyaning geometrik, xromatik va difraksion turlari elektron linzalarda, ayniqsa elektron-optik asboblarda farq qilinadi.