Huquqshunos soati boʻlib oʻtmoqda

 Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Yuridik boʻlimi tomonidan bugun “Huquqshunos soati” tashkil etildi. Tadbirda institutning boʻlim, laboratoriya, markaz xodimlari ishtirok etishmoqda. Hududiy filiallar mutaxassislari tadbirga onlayn tarzda qatnashishmoqda.

“Huquqshunos soati”da huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Shartnomaviy huquqiy munosabatlarning huquqiy asosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentyabrdagi “Shartnomaviy huquqiy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni, amalda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning metrologiya sohasiga oid yoʻnalishlari va boshqa sohalar bilan bogʻliqligi mavzularida institutning bosh yuriskonsulti maʼruzasi tinglandi. Mavzu doirasidagi savol va javoblar davom etmoqda.

Matbuot xizmati