Navoiy filialida kalibrlash yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Navoiy filiali O‘zDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida kalibrlash xizmatlari bo‘yicha akkreditatsiya qilindi (O‘ZAK.KL 0009). Ushbu standart talablari asosida akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyasida ayni kunda 1 mg dan 20 kg gacha bo‘lgan elektron tarozilarni kalibrlash imkoniyati yaratildi. Bu orqali viloyatdagi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning tarozilarini kalibrlash imkoniyati yaratildi. Kelgusida kalibrlash xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida turli o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Matbuot xizmati