Navoiy filialida faxriy yorliqlar topshirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) Navoiy fililali xodimlari ishtirokida kecha vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosobati bilan filialda faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoiy xodimlarning metrologik xizmatlarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun OʻzMMI rahbariyati tomonidan yoʻllangan faxriy yorliqlar bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Filial rahbari tadbirda Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan mamlakatimizda metrologiya sohasini rivojlantirish va milliy sifat infratuzilmasini takomillashtirishda ishlarida alohida fidokorlik bilan samarali mehnat qilgan bir guruh xodimlarni sanab oʻtdi. Faollik koʻrsatgan xodimlarga faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.
Soʻzga chiqqanlar barchani vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan tabriklab, metrologik xizmatlarni rivojlantirish, sohani kengaytirishg, yangi oʻlchash turlari va usullarini hamda kalibrlash ishlarini keng joriy etish boʻyicha bajarish lozim ishlarni sanab oʻtishdi.
Eng muhimi OʻzMMI filiallari orasida birinchilardan boʻlib Navoiy filialida kalibrlash xizmatlarining tashkil etilishida hissa qoʻshgan barcha xodimlar mehnati alohida taʼkidlab oʻtildi.

Matbuot xizmati