Ilmiy hamkorlik yoʻlida

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti (OʻzMMI) va Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) oʻrtasida yaqindan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Kuni kecha TDTU da yangi 2021/2022 oʻquv yili anʼanaviy tarzda boshlandi.
Yangi oʻquv yilining ilk kunida universitetda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida ilk tadbir oʻtkazildi.
Universitet rektori prof. Sadritdin Turabdjanov tadbirda soʻzlab, Prezidentimizning Respublikamiz mustaqilligining 30 yillik bayramiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan nutqidan iqtiboslar keltirib, oliy taʼlim muassasalari soni borgan sari ortib borayotganligini hamda endilikda bunday taʼlim muassasalarida jahon standartlari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun asosiy eʼtibor qaratilganligini taʼkidladi.
Tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari, taniqli sanʼatkorlar ishtirok etishib, oʻzlarining fikr mulohaza va ijod namunalaridan parchalarni talabalarga yetkazishdi.
Tadbirda OʻzMMI masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot xizmati