Korxonalar faoliyati oʻrganilmoqda

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo viloyati filiali masʼul xodimlari yaqinda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “FINIBA TEX” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdilar. Oʻzaro hamkorlik davomida mazkur yilda Sirdaryo filiali xodimlari tomonidan korxonaning 100 ga yaqin oʻlchov vositalari jumladan, tarozilar, ampermetrlar, voltmetrlar va manometrlarni korxonaning oʻzida reja-jadval asosida davlat qiyoslovidan oʻtkazib berilgan.
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan raqobatbardosh, sifatli mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston davlatlariga eksportga chiqarilmoqda.
Eksportyor korxona mutasaddilariga filial mutaxassislari tomonidan bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imkoniyatlar tushuntirilib, PF-6240 sonli Farmon va PQ-5133 sonli qarorda koʻzda tutilgan qulayliklar koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, “FINIBA TEX” MCHJ da ishlab chiqariladigan toʻqimachilik mahsulotlari uchun meyoriy hujjatlar va amaldagi texnik reglamentlar talablari toʻgʻrisida qoʻshimcha tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati