Qoʻqon filialining metrologik qiyoslash imkoniyati kengaymoqda

 Iqtisodiyotning o’sishi mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham katta turtki boʻlmoqda. Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida ham koʻplab ijobiy natijalar qoʻlga kiritildi. Xususan, sogʻliqni saqlashning xususiy sektori tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlari 50 tadan 126 taga oshdi, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasi tubdan qayta mustahkamlanmoqda, tizimda yangi texnologiyalar joriy etilib, kadrlar salohiyatini yuksaltirish borasida yillar davomida toʻplanib qolgan muammolar hal qilinmoqda. Bundan tashqari, qator imtiyozlar berilgani bois koʻplab xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.

Shu jarayonlarda tashxis qoʻyish va davolash ishlarida toʻgʻri va aniq oʻlchashlar eng muhim jarayon hisoblanadi. Zero, bu oʻlchashlar inson salomatligi va uning taqdiri bilan bogʻliq.
Tibbiyotda oʻlchashlarning aniqligini taʼminlash borasida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoʻqon filialida ham qator ishlar olib borilmoqda. Xususan Germaniya davlatidan keltirilgan pH-metr larni qiyoslash va kalibrlar uchun moʻljallangan “Mettler toledo” standart buffer eritmalari, IF analizatorlarni qiyoslash va kalibrlash uchun “Hellma” mikroplansheti, Kalibrlash labaratoriyadagi havo harorati, namlikni va bosimni kuzatib borish uchun “data logger TROTEC” uskunasi, shuningdek, Ukraina davlatidan signalizatorlarni qiyoslash uchun “Etalon gaz” aralashmasi, filialga keltirildi.

Qoʻqon filiali imkoniyatini kengaytiruvchi bu ishlar Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bayramona tuhfa boʻldi. Endilikda Qoʻqon filiali tomonidan hududda mavjud boʻlgan 173 dona IF analizatorlar, 187 dona signalizatorlar va 53 dona pH-Metr kelgusida filialning malakali xodimlari tomonidan qiyoslanadi va kalibrlanadi.

Matbuot xizmati