Surxondaryoda maʼrifiy mavzuda suhbat boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filialida “Davlat tilida ish yuritish samaradorligi” mavzusida suhbat tashkil qilindi. Davra suhbatiga Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti katta oʻqituvchisi, maʼnaviyat targʻibotchisi Mansur Hamidov taklif etildi.
Mansur Hamidov mavzu doirasida maʼruza qilib, filial xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini yana bir bor tanishtirib oʻtdi. Shuningdek, maʼruzachi ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari va xususiyati, buyruq va boshqa hujjatlarni davlat tilida yuritish hamda bu borada uchrayotgan muammolar, ularning yechimlari masalalariga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Uchrashuvda hududiy boʻlimda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirish muhimligi taʼkidlab oʻtildi.
Matbuot xizmati