Xorazm filialida korrupsiya va uning oqibatlari mavzusida suhbat oʻtkazildi

Kuni kecha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filialida tadbir oʻtkazildi. Unda Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun – mohiyati filial mutaxassislariga keng tushuntirildi.

Suhbat davomida Xorazm viloyati adliya boshqarmasidan taklif etilgan mutaxassis Komiljon Matkarimov, korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʻlib qolayotganligi, bu illatga qarshi kurash dunyoning koʻplab mamlakatlarini qamrab olayotganligi va hozirgi paytda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilinib amaliy ishlar olib borilayotganligi haqida maʼlumotlar berdi.
Adliya boshqarmasi vakili yangilik sifatida yuqoridagi qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi, 2021-yil 1-oktyabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi kabi bir qancha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilishi natijasida shaffoflikni taʼminlash va korrupsion holatlarning oldini olish koʻzda tutilayotganligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan vazifalar va korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha fikrlar almashildi.

Matbuot xizmati