OʻLCHASH VOSITALARINI KALIBRLASHNI JORIY ETISH BOʻYICHA REJA-JADVAL QAYTA KOʻRIB CHIQILDI

Joriy yilning aprel oyida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan respublikadagi sinov laboratoriyalari tomonidan kelib tushgan 300 dan ortiq kalibrlash boʻyicha arizalar oʻrganildi va uning natijalari boʻyicha Respublikada oʻlchash vositalarini kalibrlash xizmatini joriy etish boʻyicha reja-jadvaliga qoʻshimchalar kiritildi.
Jamladan, 2021-yilning boshida belgilangan kalibrlashni joriy etish rejalashtirilgan oʻlchash vositalari guruhiga kengaydi.

Mazkur reja-jadvalni quyidagi holatlarda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin:
– reja-jadval doirasida xarid qilinadigan ishchi etalonlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berish muddatti oʻzgarganda;
– oʻlchash vositalarini kalibrlashga uslublari xorijiy metrologiya institutlari bilan solishtirish ishlarini oʻtkazish orqali validatsiya qilinishini sababli xamkor xorijiy institutning solishtirish vaqtini inobatga olgan holda.

Oʻlchash vositalarini kalibrlashga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mazkur reja-jadvalga yangi turdagi oʻlchash vositalarini kiritilib, roʻyxat doimiy yangilanib boriladi.

REJA-JADVAL