O‘zbekistonda metrologiya tarixi

 1923 yil…

Turkiston respublikasi XKK qarori bilan “O‘lchov va tarozilar to‘g‘risidagi Qoida” tasdiqlanib, Ichki savdoni tartibga solish qo‘mitasi qoshida Turkiston o‘lchov va tarozilar byurosi tashkil qilinib, ichki savdo tartibga solingan.

1924 yil…

Qo‘qon shahrida amal qilish doirasi butun Turkiston respublikasi bo‘lgan Savdo o‘lchov va tarozilarini Qiyoslash Palatkasi tashkil qilindi. 1924 yilda birinchi standart va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorat laboratoriyasi (DNL) tashkil qilindi. Keyinchalik Qiyoslash Palatkasi O‘rta Osiyo o‘lchov va tarozilar Palatasiga o‘zgartirilib, Qirg‘izston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarida metrologik xizmatlarning asoschisi bo‘ldi.

1930 yil…

 

O‘zbekiston SSR Xalq komissarlari kengashi qoshida Standartlashtirish qo‘mitasi tashkil qilindi va 1931 yilda O‘lchov va tarozilar Palatasi bilan birlashtirildi. Urushdan keyingi yillarda har bir viloyat markazida, ular ishini O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashi qoshidagi O‘lchov va o‘lchash asboblari ishi bo‘yicha vakolatli qo‘mita boshqargan Davlat nazorat laboratoriyalari (DNL) tashkil qilindi.

1966 yil…

Davlat nazorat laboratoriyalari standart va o‘lchash texnikasi ustidan davlat nazorat laboratoriyasiga o‘zgartirildi. Toshkent shahrida O‘zbekiston respublikasi standart va o‘lchash texnikasi ustidan davlat nazorat laboratoriyasi (O‘zRDNL) tashkil qilindi.

2017 yil…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat muassasasi, «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasining metrologik bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasi («O‘zMMI» DK) tashkil etildi.

Matbuot xizmati