Muqaddas Ramazon oyi muborak boʻlsin!

Roʻzaning birinchi kuni bilan tabriklaymiz. Bugun saharlik vaqti soat 04:25, iftorlik esa soat 19:03 da ekanligi belgilangan. Shu oʻrinda roʻzadolarga vaqtning, ayniqsa soatning aniq va toʻgʻri ishlashi muhimdir.

Bayram arafasida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti oʻzining rasmiy saytida (http://nim.uz/) Xalqaro tarozilar va oʻlchovlar byurosi (BIPM) tomonidan yuritiluvchi Butunjahon vaqt koordinatori (UTC)ning UTC+5 vaqt mintaqasi bilan sinxronlashgan aniq vaqt soatini ishga tushirganligi va siz undan beminnat foydalanishingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

Yurtimizdagi eng toʻgʻri ishlaydigan soat orqali roʻza tutgan har bir kishi quyosh chiqishi va botish vaqtini oʻz mintaqasiga mos tarzda aniq bilib olishlari mumkin. Roʻzadorlar uchun ogʻiz yopish va ochish davomida har bir daqiqa muhim ahamiyatga egaligini hisobga olib, soatlar aniq ishlashiga hissa qoʻshayotganimizdan xursandmiz.

Barchangizga ramazon soatlari xayrli kelsin.