Malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama etildi

  “Oʻzstandart” agentligi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida sanoat korxonalariga standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali kadrlarni tayyorlash hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologiya va sertifikatlashtirish yoʻnalishida innovatsion laboratoriyalar hamda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda “Metrologiya va standartlashtirish, sertifikatlashtirish” yoʻnalishini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muzokaralarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida oʻquv amaliyot darslarini “Oʻzstandart” agentligi tizim-tashkilotlaridagi sinov va kalibrlash laboratoriyalarida tashkil etish, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatini yaratish, kelajakda ushbu sohada yetuk malakali kadrlarni tayyorlash istiqbollari muhokama etildi.

Matbuot xizmati