Kosmos va metrologiya

   12 – aprel kosmonavtika kuni…
Fazoga uchish, uni tadqiq qilish XX asrdagi insoniyat ilmiy salohiyatining eng yuqori choʻqqilaridan biri boʻldi. 1966-yilda kosmik kemada birinchi inson fazoga uchishni amalga oshirdi. Bularning hammasi toʻgʻri va aniq oʻlchashlarning natijasidir. Fazoga bexatar – xavfsiz uchish bevosita aniq oʻlchashlarga bogʻliq. Shu kungacha aniqlangan kosmik oʻlchashlardan keltirib oʻtamiz.
0,5 km — dunyo aholisining 80 % shu balandlikka qadar yashaydi.
2 km — dunyo aholisining 99 % shu balandlikkacha yashaydi.
2—3 km — koʻtarilishda iqlimlashmagan kishilarda balandlik kasalligi bezovta qiladi.
4,7 km — ushbu balandlikda koʻtarilishda Xalqaro Aviatsiya federatsiyasi uchuvchi va yoʻlovchilarda qoʻshimcha kislorod taʼminoti boʻlishini talab qiladi.
5,1 km — eng baland joylashgan aholi yashash joyi – La-Rinkonada shahri (Peru).
6 km — odamlarning yashash chegarasi ( Himolaydagi vaqtinchalik aholi punkti), togʻlardagi hayot chegarasi.
6,5 km gacha — Tibet va And togʻlaridagi qor chizigʻi mavjuv. Boshqa barcha joylarda, Antarktidada ham dengiz sathidan 0 m balandlikda joylashgan.
6,6 km da — Janubiy Amerikaning Lyulyailyako togʻida eng baland toshli hududi joylashgan.
7 km — odamning togʻlarda uzoq vaqt yashashga moslashish chegarasi.

8,2 km — kislorod niqobsiz oʻlim chegarasi: hatto sogʻlom va oʻqitilgan odam ham har qanday vaqtda ongni yoʻqotishi va oʻlishi mumkin.
8,848 km — yerning eng baland nuqtasi – Everest togʻi – kosmosga piyoda chiqishning eng yuqori chegarasi.
9 km — atmosfera havosining qisqa muddatli nafas olishga moslashish chegarasi.
10—12 km — troposfara va stratosfera oʻrtasidagi chegara. Bundan tashqari bu oddiy bulutlarning koʻtarilish chegarasi, undan balandda quruq havo.v.b.
(internet materiallari asosida)
Matbuot xizmati