Qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarining raxbarlariga

O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “ Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga qo’yiladigan umumiy talablar” (7.7.2 б.) va  O’z DSt 3444:2020 “O’lchash vositalarini qiyoslashni amalga oshiruvchi metrologiya xizmatlarining malakaligiga qo’yiladigan  umumiy talablar” (7.5 б.) bilan ko’zda tutilgan malakani tekshirishda ishtirok etish orqali faoliyat natijalari ishonchliligining monitoringini amalga oshirishda laboratoriyalarga yordam ko’rsatish maqsadida laboratoriyalararo solishtirish sinovlari bo’yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Malakani tekshirish va laboratoriyalar uchun laboratoriyalararo solishtirishlarni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksiga muvofiq, keyinchalik malakani tekshirish dasturlarini ishlab chiqish hamda malakani tekshirish turlarini tashkillashtirish uchun kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalarining  ehtiyojlarini tahlil qilish rejalashtirilgan.

Shu sababli Sizdan laboratoriyalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ilova qilingan shakllarga muvofiq malakani tekshirish turlarini tashkillashtirish boyicha oz takliflaringizni info@nim.uz, otdel-19@nim.uz manzillar bo’yicha yuborishingizni so’raymiz.

Shuningdek Respublikada malakani tekshirish provayderlari faoliyatini rivojlantirishda manfaatdor bo’lgan va keyinchalik Respublika laboratoriyalari uchun malakani tekshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish, laboratoriyalararo solishtirish sinovlari bo’yicha ishchi gurux tadbirlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgan laboratoriyalarni taklif etamiz.

Ishchi gurux faoliyatida ishtirok etish masalalari bo’yicha quyidagi telefon raqamlari bo’yicha murojaat qiling:

+99871 202 00 11 (1232) Gulchexra Ayupova, “O’zMMI” DK

SHAKLNI YUKLASH