Malaka tekshirish provayderi

2017-yil fevral oyida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” Davlat korxonasi Malaka tekshirish provayderi sifatida akkreditatlangan.

“OʻzMMI” DK, Malaka tekshirish provayderi boʻlib, laboratoriyalararo solishtirishlarni (LAS), jumladan qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalari uchun malakani tekshirish dasturlarini oʻtkazadi. “OʻzMMI” DK qoshidagi Laboratoriyalararo solishtirishlar guruhi asosida tashkil qilingan Malaka tekshirish provayderi Oʻz DSt ISO/IEC 17043:2015 “Muvofiqlikni baholash. malakani tekshirishni oʻtkazishga asosiy talablar” davlat standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini ishlab chiqib, joriy qildi.

“OʻzMMI” qoshidagi Malaka tekshirish provayderi metrologik xizmatlarning quyidagi oʻlchash turlari boʻyicha layoqatlilikni tekshirishda ixtisoslanadi: massa, bosim, harorat, gaz sarfi.

Malaka tekshirish provayderi qatnashish uchun belgilangan shakldagi Murojaatnomani toʻldirib (malaka tekshirish dasturini koʻrsatgan holda), uni Provayderga pochta orqali, info@nim.uz, otdel-19@nim.uz elektron manziliga yuborish kerak, yoki +99871 202-00-11(1232) telefon orqali.

Ushbu murojaatnoma malakani tekshirish boʻyicha ishlarni bajarish uchun shartnoma tuzishga asos boʻladi.

LAS qatnashchilari uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlar (ishtirok etish qoidalari, ariza topshirish) LAS qatnashchilari bo’limida ko’rsatilgan

Yangi layoqatlilikni tekshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda manfaatdor boʻlsangiz, iltimos Soʻrovnomani toʻldirib, info@nim.uz, otdel-19@nim.uz elektron manziliga yoki +99871 202-00-11(1232).