QO`QON FILIALI
- Filial hududi haqida umumiy ma`lumot:
- Filialida 1ta shahar, 7 ta tuman va 8 ta dehqon bozorlari, yirik va kichik korxonalar umumiy soni 2377 ta bo`lib, shundan 180 tasi esportyor korxonalar.
- Filial haqida umumiy ma`lumot:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov labratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risida» gi 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli Qaroriga muvofiq, O`zbekiston milliy metrologiya instituti DK Qo`qon filiali o`z faoliyatini 2020 yil yanvar oyidan boshlagan. Laboratoriyalar soni 9 ta bo’lib, ularda:
- geometrik kattaliklarni o’lchash,
- massa birliklarini o’lchash,
- kuch va qattiqlik birliklarini o`lchash,
- vaqt va chastotani o`lchash
- harakat parametrlarni o`lchash,
- bosim birligini o`lchash,
- sarf va sig’im kattaliklarini o`lchash,
- harorat va issiqlik fizikasiga oid o`lchashlar,
- optik va optik-fizikaviy o`lchashlar,
- elektr o’lchash
- zichlik va qovushqoqlik kattaliklarini o`lchash,
- fizik-kimyoviy kattaliklarni o`lchash,
- radiotexnik kattaliklarini o`lchash turlari bo’yicha metrologik tekshiruv ishlarini amalga oshirmoqda.
- Hududdagi asosiy sanoat tarmoqlari:
- Yengil va oziq-ovqat sanoatlari, metallga ishlov berish sohalarini tashkil etadi.
- Filial xodimlari haqida umumiy ma’lumot:
- Qo`qon filialida xodimlar soni 20 nafar bo`lib, shundan 7 nafari davlat qiyoslovchilar va 10 nafari o`lchash vositalari ustida metrologik tekshiruv bo`limi hodimlari, 3 nafari mutaxassis ish o`rganuvchi.
Qo`qon filiali
Adres: Qo`qon sh. Istiqlol ko`chasi, 11 uy
Telefon: 73 543-11-13
E-mail: qoqon@nim.uz
Filial rahbari: Azimov Ma’ruf Mansurovich
Telefon: 90 304-22-29, 94 494-73-88