QASHQADARYO FILIALI

  1. Filial hududi haqida umumiy ma’lumot:
  • Qashqadaryo viloyatida 2ta shahar, 14 ta tuman, 22ta “Savdo va dehqon” hamda bir kunlik bozorlari mavjud. Hududda 6274ta yirik va kichik korxonalar joylashgan, shundan 113tasi eksportyor korxonalar.
  1. Filial haqida umumiy ma’lumot:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baxolash tizimini yanada takomillashtirish va sinov labratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risida» gi 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli Qaroriga muvofiq, «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» DK Qashqadaryo filiali o’z faoliyatini 2020 yil yanvar oyidan boshlagan. Laboratoriyalar soni 9ta bo’lib, ularda:

  • geometrik kattaliklarni o’lchash,
  • massa birliklarini o’lchash,
  • kuch va qattiqlik birliklarini o’lchash,
  • vaqt va chastotani o’lchash
  • harakat parametrlarni o’lchash,
  • bosim birligini o’lchash,
  • sarf va sig’im kattaliklarini o’lchash,
  • harorat va issiqlik fizikasiga oid o’lchashlar,
  • fizik-kimyoviy o’lchashlar,
  • optik va optik-fizikaviy o’lchashlar,
  • elektr o’lchashlar,
  • zichlik va qovushqoqlik kattaliklarini o’lchash turlari bo’yicha qiyoslash, sinov uskunalarini attestatsiyadan o’tkazish, o’lchash vositalarini va o’lchash kanallarini metrologik attestatlash ishlari amalga oshiriladi.
  1. Hududdagi asosiy sanoat tarmoqlari:
  • Mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoati, neft va gaz, energetika, qurilish, kimyo.
  1. Filial xodimlari haqida umumiy ma’lumot:
  • Qashqadaryo filialida xodimlar soni 40 nafar bo’lib, shundan 20 nafari davlat qiyoslovchi lavozimiga attestasiyalangan.

Qashqadaryo filiali

Adres: Qarshi sh. Gulbog‘ ko‘chasi, 6 uy

Telefon: (75) 221 09 44

E-mail: qashqadaryo@nim.uz

Filial rahbari: Amirqulov Ulug’bek Obiddilaevich

Telefon: (90) 607-80-08