ANDIJON FILIALI
- Filial hududi haqida umumiy ma’lumot:
Andijon filiali hududida 4ta shahar, 14ta tuman, 24ta dehqon bozorlari mavjud. Hududda 67ta yirik korxonalar va 4708ta tadbirkorlik sub’ektlari joylashgan, shundan 323ta eksporterlar.
- Filial haqida umumiy ma’lumot:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muvofiqlikni baxolash tizimini yanada takomillashtirish va sinov labratoriyalari kompleksini rivojlantirish to’g’risida» gi 2019 yil 15 avgustdagi PQ-4419-sonli Qaroriga muvofiq, «O’zbekiston milliy metrologiya instituti» DK Andijon filiali o’z faoliyatini 2020 yil yanvar oyidan boshlagan. Laboratoriyalar soni 7ta bo’lib, ularda:
- geometrik kattaliklarni o’lchash,
- massa birliklarini o’lchash,
- kuch va qattiqlik birliklarini o’lchash,
- vaqt va chastota o’lchashlari,
- harakat parametrlarni o’lchash,
- bosim birligini o’lchash,
- sarf va sig’im kattaliklarini o’lchash,
- harorat va issiqlik fizikasiga oid o’lchashlar,
- fizik-kimyoviy o’lchashlar,
- optik va optik-fizikaviy o’lchashlar,
- elektr o’lchashlar,
- zichlik va qovushqoqlik kattaliklarini o’lchash turlari bo’yicha qiyoslash va metrologik attestatlash ishlari amalga oshiriladi.
- Hududdagi asosiy sanoat tarmoqlari:
Mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati, neft va gazni qayta ishlash, energetika, paxtani qayta ishlash sanoati,sog’liqni saqlash.
- Filial xodimlari haqida umumiy ma’lumot:
- Andijon filialida xodimlar soni 24 nafar bo’lib, shulardan 13 nafari O’lchov vositalari ustidan metrologik tekshiruv bo’limida,11 tasi qiyoslovchi.
Andijon filiali
Adres: Andijon sh., Fitrat ko‘chasi, 251 uy
Telefon: (74) 223 87 83
E-mail: andijon@nim.uz
Filial rahbari: Umarov Otabek Bahodirovich
Telefon: (90) 144-11-04