17 BO’LIM

STANDART NAMUNALARI VA O’LCHOVLARNI BAJARISH  USLUBIYATLARI ILMIY-TADQIQOT BO’LIMI

 

“Standart namunalari va o’lchovlarni bajarish  uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo’limi” O’zbekistonda o’lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-usuliy bo’limi hisoblanadi.

  “Standart namunalari va o’lchovlarni bajarish  uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo’limi” O’zbekiston Respublikasi Standart namunalari bosh markazi (O’zr SN BM), o’lchashlarni bajarish usuliyatlari bo’yicha  O’zbekiston Respublikasi Metrologiya xizmati bosh markazi (O’zr MX BM) hamda O’zbekiston Respublikasi Metrologiya xizmati bosh markazi funksiyalarini bajaradi.

O’zbekiston Respublikasi Standart namunalari bosh markazi va O’zbekiston Respublikasi Metrologiya xizmati bosh markazi funksiyalari “O’zstandart” agentligining « 07 » iyul 2017 y. 432-sonli buyrug’i bilan “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK (“O’zmmi” DK)ga yuklatilgan.

      

“Standart namunalari va o’lchovlarni bajarish  uslubiyatlari ilmiy-tadqiqotlari bo’limining asosiy maqsadi:

− standart namunalar    (SN) ishlab chiqish, attestatlash va qo’llash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-usuliy va tashkiliy ishlar o’tkazish asosida O’zr SN BM funksiyalarini bajarish hamda o’lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash;

 − o’lchashlarni bajarish usuliyatlarini ishlab chiqish, tekshirish, attestatlash va qonunlashtirishda nazariy va amaliy (sanoatga oid) metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy-usuliy va tashkiliy ishlar o’tkazish asosida O’zr MX BM  funksiyalarini bajarish hamda o’lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash.

–  etalon va NO’V ishlab chiqish, metrologik attestatlashda ishtirok etish;

 – davlat metrologiya xizmati organlari va yuridik shaxs metrologik xizmatlarining faoliyatiga ilmiy-usuliy rahbarlik qilish;

– o’lchashlar birliligini ta’minlash sohasi va qo’shni sohalarda asosiy standartlashtirish yo’nalishlarini shakllantirish;

– o’lchashlar birliligini ta’minlash sohasi va qo’shni sohalarda me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;