16 BO’LIM

O’LCHASH VA SINOV VOSITALARINI SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘LIMI

O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo’limi Metrologiya instituti tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, quyidagilarga ega:

• O‘zMSSda sinash usullari va sertifikatlashtirish qoidalari, sertifikatlashtirilayotgan mahsulotning normativ hujjatlari fondi (“O‘zstandart” agentligi MH fondidan foydalaniladi, shartnoma asosida MH elektron versiyasi mavjud bo‘lib, o‘zgartirishlar kiritilganda avtomatik tarzda yangilanadi);

• sifat bo‘yicha attestatlangan ekspert-auditorlar hamda malakali va SMSITIda maxsus tayyorlovdan o‘tgan xodimlar;

• xodimlarni joylashtirish va zarur hujjatlarni saqlash uchun tegishli xonalar;

• sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni ta’minlash uchun zarur kompyuter texnikasi va boshqa jihozlar;

• akkreditlangan sinov laboratoriyalari, o‘zaro hamkorlik haqida shartnomalar tuzilgan begona akkreditlangan sinov laboratoriyalari;

• Milliy sertifikatlashtirish organi va O‘zbekiston Respublikasi akkreditatsiya tizimida akkreditlangan boshqa sertifikatlashtirish organlari bilan axborot almashish uchun zamonaviy aloqa turlari (faks, elektron pochta).

Barcha ariza beruvchilar sertifikatlashtirish idorasining xizmatlari hamda sinov va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalari haqidagi axborotni to‘siqsiz olishlari mumkin.

O’zMMI DK SB sertifikatlashtirish natijalari uchun mas’ul bo‘lib, ariza beruvchining tijorat siri bo‘lgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi.

Sertifikatlashtirish idorasi faoliyatining huquqiy asosi uning o‘rnatilgan tartibdagi akkreditatsiyasi hisoblanadi.

Sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirish ishlarini bajarishda ob’ektivlik, xolislik va mas’uliyatni kafolatlaydi.

Akkreditatsiya sohasi doirasida sertifikatlashtirish bo’limi O‘zR VM 28.04.2011 y. 122 son Qarori bilan tasdiqlangan barcha turdagi o‘lchov vositalari va sinov uskunalarini sertifikatlashtirishni amalga oshiradi.

 

Akkreditatsiya sohasi

“O’zMMI” DK O’lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi

Manzil: Toshkent sh. Farobiy ko‘ch. 333A tel. 150-26-03, 150-64-97,

(15.12.2015y. №UZ.AMT.06.MAI.354-sonli akkreditatsiya haqidagi guvohnoma)

( Akkreditatsiys sohasi matni saytning rus tilidagi variantida keltirilgan.)