10 BO’LIM

EKSPERTIZA, O’LCHASH VOSITALARINI DAVLAT SINOVLARIDAN O’TKAZISH, MALAKANI TEKSHIRISH PROVAYDERI VA
XALQARO MUNOSABATLAR ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI

Bo’limning asosiy vazifalari:

– O’zbekiston Respublikasida o’lchashlar birliligini va o’lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlash;

– O’zbekiston Respublikasi metrologik xizmatini mustahkamlash va rivojlantirish;

– O’zbekistonda o’tkazilgan o’lchov va sinov natijalarining xorijiy hamkorlar tomonidan tan olinishiga ko’maklashish;

– metrologiya va akkreditatsiya sohasidagi nohukumat xorijiy loyihalarda ishtirok etish;

 – “O’zMMI” DK rahbariyati tomonidan chet el delegatsiyalari va vakillarining qabul qilinishi bilan bog’liq protokol tadbirlarni bajarish, shuningdek uchrashuv bilan bog’liq materiallarni o’rganib, maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda tavsiyalar ishlab chiqish;

– xorijiy hamkorlar va kompaniyalar bilan shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni amalga oshirishdan iborat.

“O’zMMI” DK qoshidagi O’lchash vositalarini davlat sinovlaridan o’tkazish, metrologik ekspertiza qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro munosabatlar bo’limi quyidagi xizmat turlarini ko’rsatadi:

O’lchash vositalari davlat reestriga O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan va unga import qilinadigan o’lchash vositalarini kiritish maqsadida o’lchash vositalarini davlat sinovlaridan o’tkazish;

O’lchash vositalarini sinash «Metrologiya to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida ko’rsatilgan davlat metrologik tekshiruv va nazoratining tarqalish doirasida qo’llanishi mumkin bo’lgan O’zdst 8.009:2004 me’yoriy hujjatga muvofiq respublikada o’lchash vositalarini ishlab chiqarishda yoki Respublikaga to’plab olib kirishda o’tkaziladi.

Bo’lim PMG 06-2001 MDH mamlakatlarining davlatlararo kelishuvi «O’lchash vositalarini sinash va turini tasdiqlash, qiyoslash, metrologik attestatlash natijalarini tan olish tartibi»ga muvofiq turni tasdiqlash sertifikatlarini tan olish tartibotini amalga oshiradi. Tan olingan turni tasdiqlash sertifikatlari o’lchash vositalarini Respublika hududida davlat metrologik tekshiruv va nazoratining tarqalish doirasida birlamchi qiyoslash muddati tugaguncha ishlatish huquqini beradi.

Bo’limda yangi ishlab chiqariladigan o’lchash vositalariga quyidagi me’yoriy hujjatlar ekspertizasi ham o’tkaziladi:

– o’lchash vositalari texnik shartlarining ekspertizasi;

– o’lchashlarni bajarish uslubiyatlarining ekspertizasi;

– o’lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarining ekspertizasi;

– o’lchash vositalari va tizimlarini attestatlash uslubiyatlarining ekspertizasi;

– Metrologik attestatlash dasturlari, o’lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlari, sinov asbob-uskunalarini attestatlash dasturlari va uslubiyatlari, o’lchashlarni bajarish uslubiyatlari, SMT hujjatlarining to’plamlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o’tkazish;

– davlat va ichki Mhga o’zgartirishlar kiritish;

– o’lchash vositalarini turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o’tkazish va O’zr O’lchash vositalari davlat reestriga kiritish;

– ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

– “O’zstandart” agentligining topshiriqlarini bajarish;

– Me’yoriy hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun o’lchashlarni bajarish uslubiyatlarining loyihalari va yakuniy tahrirlarini attestatlash, tasdiqlash va davlat reestrida ro’yxatga olish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida ekspertiza qilish, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchilarning O’buni tan olish tartibotini amalga oshirish uchun IDXYAP (YEPIGU) orqali arizalar qabul qilish tizimi joriy qilingan.

“O’zstandart” agentligining 2016 yil 17 iyuldagi 415-sonli buyrug’iga asosan “O’zstandart” agentligining metrologiya bo’yicha vaqtinchalik Ilmiy-texnik komissiya (ITK) a’zolarining tarkibi tasdiqlangan. 10-bo’lim boshlig’i metrologiya bo’yicha Ilmiy-texnik komissiya kotibidir. Metrologiya bo’yicha ITK yig’ilishlarida O’V tasdiqlangan turini tan olish, O’V turini tasdiqlash bo’yicha sinovdan o’tkazish maqsadida hujjatlar to’plamini ko’rib chiqish va tasdiqlangan turdagi O’V sertifikatlarini rasmiylashtirish bo’yicha masalalar ko’rib chiqiladi. Ushbu yig’ilishda “O’zstandart” agentligi bosh metrologi tomonidan tasdiqlanadigan ITK bayoni olib boriladi.

ITK yig’ilishlarini o’tkazish bo’yicha barcha tashkiliy ishlar 10-bo’lim zimmasiga yuklatilgan.

Metrologik tekshiruv natijalarini tan olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O’zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to’g’risida”gi  Nizom va Davlatlararo standartlashtirish bo’yicha Qoidalar PMG 06-2001 “O’lchash vositalarini sinash va turini tasdiqlash, qiyoslash, metrologik attestatlash natijalarini tan olish tartibi”ga asosan amalga oshiriladi.