08 BO’LIM

BOSIM VA SARF KATTALIKLARINI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI

Sarf o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi

Yoqilg‘i, issiqlik, suv yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligi faqat magistral neft- va gazquvur yo‘llarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik- va suvta’minot tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlari sarfini o‘lchash vositalarining asosli va mustaqil metrologik ta’minoti sharoitida kafolatlanishi mumkin.

  Ishlar va xizmatlar:

 – suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarining (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) turini tasdiqlash maqsadida sinash;

– suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) qiyoslash va kalibrlash;

– suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usuliyatlarini ishlab chiqish;

– o‘lchash vositalari va sinov asbob-uskunalarini metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqish;

– suyuqlik va gazlarning hajmi va sarfini o‘lchash tizimlarini ishlab chiqish va yaratish uchun texnik topshiriq va ishchi loyihalarning metrologik ekspertizasi;

– korrektorlar, hisoblagichlar, kontrollerlar, shuningdek taqsimlangan ASU tizimlarining dasturiy ta’minotini attestatlash;

– standart, maxsus toraytiruvchi qurilmalar va gaz sarf o‘lchagich-hisoblagichlari yordamida o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida ilmiy-texnik faoliyatning amalga oshirilishi;

– texnik topshiriq va talablar, ishchi va texnik loyihalar, suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash usuliyatlari (usullari)ning metrologik ekspertizasi.

 Bosim va vakuum O‘V qiyoslash laboratoriyasi

– Manometrlar, vakuummetrlar, ko‘rsatuvchi (jumladan shartli shkalali), o‘zi yozar manovakuummetrlar hamda pnevmatik va elektr chiqish signallariga ega o‘lchash bosim o‘zgartirgichlari (jumladan raqamli kod ko‘rinishida);

– Vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manovakuummetrlar;

– Kalibratorlar, bosim beruvchilar (jumladan avtomatik);

– Bosim o‘zgartirgichlari;

– Differensial manometrlar, tortish kuchi o‘lchagichlari, bosim o‘lchagichlar, tortish kuchi-bosim o‘lchagichlar.