07 BO’LIM

ELEKTR VA MAGNIT KATTALIKLARNI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI

Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limining asosiy yo‘nalishlari: o‘lchash vositalarini (O‘V) qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish, metrologik ekspertiza, sinov asbob-uskunalari hamda o‘lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash.

 

 Elektr energiya hisoblagichlari, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi

Bo‘lim quyidagi namunaviy asbob-uskunalarga ega bo‘lib, namunaviy o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash bo‘yicha quyida keltirilgan ishlarni bajarishi mumkin:

Aktiv energiya bo‘yicha 0,1 va reaktiv energiya bo‘yicha 0,5 aniqlik klassidagi bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya elektron hisoblagichlari: namunaviy etalon hisoblagich – 0,02 aniqlik klassidagi SE6801vattmetr yordamida MK6801 namunaviy uskunada qiyoslanadi. Shuningdek aktiv energiya uchun 0,5 va undan past aniqlik klassidagi hamda reaktiv energiya uchun 1,0 va undan past aniqlik klassidagi induksion va elektron bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya hisoblagichlarini o‘rnatilgan joyida ko‘chma etalon hisoblagich – 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 vattmetr yordamida qiyoslash imkoni mavjud.

1000 A 0,05 gacha aniqlik klassidagi tok transformatorlari И-512 namunaviy tok transformatori, K535 komparatori va OMICRON (Avstriya) firmasining СT Analyzer yordamida qiyoslanadi.

2015 yilda OMICRON (Avstriya) firmasining VOTANO 100 namunaviy o‘lchash vositasi sotib olindi. VOTANO 100 sotib olinganligi tufayli 800 kV gacha 0,1 va undan past aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlarini qiyoslash imkoni paydo bo‘ldi.  

“Damas” avtomobili bazasida tashkil qilingan va namunaviy O‘V: 0,005 aniqlik klassidagi K535 uskunasi; 4,0 aniqlik klassidagi Р5018/1 qarshilik magazini; 0,2 aniqlik klassidagi И509 tok transformatori; III razryadli MG-6800 tok va kuchlanish bloki; 0,1 aniqlik klassidagi ЦЭ6815 etalon hisoblagichlar bilan jihozlangan ko‘chma laboratoriya yordamida bo‘lim katta vazn (massa) va yirik gabaritlarga (o‘lcham) ega bo‘lgan yuqori voltli tok va kuchlanish transformatorlarini foydalanish joyida qiyoslash imkoniga ega.

 Induktivlik va sig‘im, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi

 Laboratoriya 0,2 ÷ 0,5 aniqlik klassidagi analog ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar va varmetrlarni o‘lchash vositalarini 750 (1000) V, 10 A gacha o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.

I razryadli namunaviy kichik sig‘im o‘lchovlari va MS-4002 namunaviy komparator yordamida 1.10-3 ÷ 10 pF diapazonda II va III razryadli KME-11 kichik sig‘im o‘lchovlarini attestatlash va qiyoslash. 1.10-7 ÷ 1.10-2 pF sig‘imni komparatsiya qilish, 1.10-8 ÷ 1.10-2 yo‘qotish burchagi tangensining chegaralari. Sig‘im bo‘yicha joiz asosiy xatolik chegaralari ± (0,005 ±1.10-4/Snom. pF)% dan ko‘p emas.

 Shuningdek 10-3 dan 105 Ω gacha diapazondagi R310, R321, R331 namunaviy elektr qarshilik o‘lchovlari, 1015 Ω gacha rezistorlar to‘plami ham mavjud. UMIS uskunasida I razryadli elektr qarshilik o‘lchovlari bilan qiyoslanadi. III razryadli 104 dan 109 Ω gacha diapazondagi yuqoriomli elektr qarshilik o‘lchovlari.

 O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok, elektr va magnit kattaliklar kuchlanishini raqamli o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi

 Laboratoriya 0,001 dan boshlangan va undan past aniqlik klassidagi raqamli ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar, multimetrlar, kalibratorlar, ommetrlar, komparatorlarni o‘lchash vositalarini 750 (1000) V gacha, 10 A o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda qiyoslash ishlarini amalga oshiradi.

 Potensiometrlar, qarshilik magazinlari va o‘zgarmas tok ko‘priklarini qiyoslash laboratoriyasi

 III razryaddagi yuqoriomli elektr qarshilik o‘lchovlari 104 dan 109 Ω gacha diapazonda II razryaddagi elektr qarshilik o‘lchovlari bilan U401 uskunasida 0,005 aniqlik klassidagi Щ31 turdagi raqamli voltmetr yordamida qiyoslanadi.