06 BO’LIM

GEOMETRIK VA MEXANIK KATTALIKLARNI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI

O’lchashlar birliligini, ishonchliligini ta’minlash va fizik kattalik birliklarining o’lchamliligini yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalaridan ishchi o’lchash vositalariga uzatish uchun  bo’limda namunaviy o’lchash vositalari mavjud.

Sanoatning jadal qayta qurilishi ro’y berayotganini hisobga olgan holda, import texnologiyalar sotib olinmoqda, zamonaviy korxonalar ochilmoqda, mahsulot ishlab chiqarishda o’lchashlar aniqligi, chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar, uning raqobatbardoshligi, tashqi bozorga chiqish uchun kurash  ortib bormoqda. Hozirgi kunning o’zidayoq o’lchashlar aniqligini oshirish, ishlab chiqarishni ishchi o’lchash vositalari bilan ta’minlash uchun sanoat yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari bilan jihozlanyapti.

 Shu sababdan bo’lim import o’lchash vositalarini metrologik attestatlashni o’tkazib, korxonalarda ishlatiladigan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko’rsatyapti.

 Shuningdek Toshkent shahar va Toshkent viloyatining avtoyoqilg’i quyish shaxobchalaridagi xorijda chiqarilgan suyultirilgan gaz quyish kolonkalari, yoqilg’i tarqatish kolonkalari, kuch o’lchash mashinalari, gidravlik presslar uchun metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqishda yordam ko’rsatyapti.

 Bo’lim “geometrik kattaliklarni o’lchash”, “mexanik kattaliklarni o’lchash” va “moddalarning sarf, hajm parametrlarini o’lchash” laboratoriyalaridan tashkil topgan.

 Geometrik  kattaliklarni o’lchash laboratoriyasi

Laboratoriya geometrik kattaliklarni o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha ishlarni amalga oshirib, quyidagi yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari bilan jihozlangan: universal o’lchash instrumenti (shtangen instrument, mikrometrik instrument, richagli-tishli), shtrixli uzunlik o’lchovlari, burchak o’lchovlari, chegaraviy yassi-parallel uzunlik o’lchovlari, optika-mexanik asboblar. Geometrik  kattaliklarni o’lchash laboratoriyasi 2-razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik o’lchovlari, 2-razryadli shtrixli o’lchovlar, 2-razryadli namunaviy shkalalar, optika-mexanik o’lchash asboblari bilan jihozlangan bo’lib, bu 100mm gacha uzunliklarni 0,0001mm aniqlik bilan o’lchashga imkon beradi.

 Laboratoriya berilgan dastur bo’yicha kattaliklarni o’lchash, raqamli hisob va raqamli bosib chiqarish imkoni bo’lgan yuqori aniqlikdagi asboblarga ega (namunaviy ekzamenator, «Mikrad» elektron  vaterpas, «DIP-1» ikki koordinatali o’lchash asbobi).

 100mm gacha uzunlikni o’lchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µ dan 0,40 µ gacha o’lchash xatoligi bilan, 100mm dan yuqori uzunlikni o’lchash vositalarini 0,11 µ dan 0,55 µ (mikron)gacha xatolik bilan amalga oshiradi.

 Shuningdek 2010 yildan boshlab laboratoriya ixtiyorida geodezik asboblarni (nivelirlar, teodolitlar, taxeometrlar va lazerli masofa o’lchagichlarni) qiyoslash uchun «AUPNT» avtokollimatsion uskunasi mavjud.

2016 yil 10 iyundan laboratoriya giodezik GPS tizimlarni kengaytirish, POLO gorizontal uzunlikni o’lchash etaloni va geodezik skanerlarga akkreditlandi.  

Mexanik kattaliklarni o’lchash va moddalarning sarf, hajm parametrlarini o’lchash   laboratoriyasi

 

 Mexanik kattaliklar va sarfni o’lchash laboratoriyasi mexanik kattaliklarni: kuch va qattiqlik (namunaviy dinamometrlar, sinov pressi va mashinalar, qattiq o’lchagichlar, dinamometrik kalitlar) o’lchash vositalarini qiyoslash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi, ushbu qiyoslash ishlarini bajarish uchun “DO-2-5-0,5” turdagi 2-razryadli namunaviy kuch o’lchash mashinasi, 0,01kn dan 5000kn gacha 3-razryadli namunaviy dinamometrlar, 2-razryadli (MTR, MTSH, MTB turdagi) namunaviy kuch o’lchovlari mavjud.

 Harakat parametrlari asboblarini (spidometrlar, taxometrlar, sekundomerlar, Iskra-video, Kris, Arena, Vizir turdagi harakat tezligi o’lchagichlarini) qiyoslash uchun laboratoriya UPS-4, UT-0,5-60, UPMS-1, IS-24 uskunalarga ega; hajm va sig’imlarni O’V (1-chi va 2-chi razryadli namunaviy o’lchovlar, yoqilg’i, moy va gaz tarqatish kolonkalari, kalibrlash avtosisternalari, shisha sig’im o’lchovlari va rezervuarlar kalibrovkasi) qiyoslash uchun laboratoriya 3-razryadli, 1-razryadli namunaviy tarozilar bilan jihozlangan.

 Shuningdek 2-razryadli namunaviy o’lchovlarni hamda 1-chi va 2-chi razryadli texnik o’lchovlarni qiyoslash uchun 2 ÷ 500dm3 dan 1-razryadli namunaviy o’lchovlar mavjud.

  3÷100m3 dan rezervuarlarni qiyoslash va kalibrlash uchun GOST 8.346-2000 va GOST 8.570-2000 bo’yicha namunaviy O’V va kompyuter  dasturi mavjud.

 Bo’lim shuningdek O’V metrologik attestatlash, hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, O’V sertifikatlashtirish sinovlarini bajaradi.

  Hozirgi vaqtda bo’lim 27ta yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash vositalari va 87ta namunaviy o’lchash vositalari bilan jihozlangan bo’lib, bu o’lchashlar birliligini ta’minlash uchun respublika xalq xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi.

 O’zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun bo’limda o’lchash vositalarini qiyoslashning yangi turlari o’zlashtirilmoqda, mustaqil o’qish orqali va Smsitida malaka oshirilmoqda.

 2009 yilda faoliyatning O’zdst ISO/ IES17025:2007da o’rnatilgan talablarga muvofiqligiga bo’lim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tarqalish doirasida qo’llanadigan  o’lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini tasdiqlash maqsadida siovdan o’tkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkreditlangan.