04 BO’LIM

MASSA KATTALIKLARINI O’LCHASH ILMIY ISHLAB CHIQARISH BO’LIMI

Bo’lim Respublikamizning metrologiya tarixida ochilgan 1-laboratoriyasi asosida tashkil etilgan. Tarixga nazar solinsa, 1923 yilda Toshkent shahrida tarozilar laboratoriyasi tashkil qilinib, unda 1928 yilgacha faqat savdo tarozilari, toshlar, hajm o’lchovlari, shuningdek laboratoriyadagi namunaviy o’lchovlar metrologik tekshiruvdan o’tkazilgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi va o’lchashlarga bo’lgan talablarning ortishi natijasida bo’lim faoliyati takomillashib borgan. Hozirgi kunda bo’limda 2 ta yirik statsionar laboratoriya hamda 1ta ko’chma laboratoriyalar  faoliyat yuritmoqda.

Analitik va pretsizion massa o’lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasi

Laboratoriya I, II va III toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriyada F1, F2, M1 aniqlik sinfidagi, o’lchash ko’lami 1 mg dan 20 kg gacha bo’lgan tarozi toshlari hamda maxsus (I), yuqori (II),o’rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi laboratoriya tarozilari metrologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Shuningdek laboratoriyada turli analitik massa o’lchash operatsiyalarini ham amalga oshiriladi.

Ushbu laboratoriyaga 2015 yilgi rivojlantirish dasturlari asosida Shveytsariyaning Mettler-Toledo firmasida ishlab chiqarilgan o’ta yuqori aniqlikdagi XPE56C turli ultramikro tarozi xarid qilindi (O’lchash chegarasi/diskretligi  –  52 g / 1 mg).

2016 yilgi rivojlantirish dasturi asosida bo’limda Koreyaning CAS Corporation firmasida ishlab chiqarilgan CAUW-D  turli analitik laboratoriya tarozisi (komparator va tarozi sifatida ishlatiladi) xarid qilindi (O’lchash chegarasi/diskretligi  –  220 g / 10 mg) .

Statik o’lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasi

Laboratoriya III va IV toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Mazkur laboratoriyada o’rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi sahnli, tibbiyot, savdo, pochta va boshqa turdagi tarozilar, shuningdek M1, M2 va M3 aniqlik klassidagi toshlar metrologik tekshiruvdan o’tkaziladi.

2015 yilda laboratoriyaga xalqaro talablarga mos keluvchi,jahonda yetakchi o’rinda turuvchi SARTORIUS AG (Germaniya) da ishlab chiqarilgan zamonaviy CCT 2000K turidagi mass-komparator va uni yustirovka (CAL) qilishda qo’llaniladigan F2 aniqlik klassidagi etalon toshlar xarid qilindi. Natijada nominal o’lchash og’irligi 500 kg, 1000 kg va 2000 kg bo’lgan M1 etalon toshlarning metrologik tekshiruvi yo’lga qo’yildi

 

Ixtisoslashtirilgan transport vositalari tarozilarini qiyoslash ko’chma laboratoriyasi

Me’yoriy hujjatlar talablariga asosan avtotransport vositalarining vaznini o’lchashda qo’llaniladigan tarozilarni qiyoslashda etalon toshlarning og’irligi tarozi o’lchash chegarasining eng kamida 25 % ni tashkil qilishi belgilab qo’yilgan. Shunga ko’ra ishlab chiqarish korxonalaridagi 100 t gacha diapazonga ega bo’lgan tarozilarini metrologik tekshiruvdan o’tkazishda kamida 25 t etalon toshlar zarur bo’ladi

Markazimizda 2015 yil sentyabr oyidan Respublikada yagona bo’lgan KAMAZ avtomashinasi asosida ixtisoslashtirilgan ko’chma laboratoriya faoliyati yo’lga qo’yildi. Mazkur ko’chma laboratoriya nominal og’irligi 1000 kg bo’lgan 24 dona etalon toshlardan hamda 20 kg nominal og’irlikdagi 50 dona namunaviy toshlar bilan jihozlangan. Ushbu ko’chma laboratoriya tarozilarni o’rnatilgan joyida metrologik tekshiruvdan o’tkazish imkoniyatini beradi.

Hozirgi kunda bo’limning tarozi toshlarini tekshirish imkoniyati quyidagi jadvalda keltirilgan.