Kalibrlash va o`lchash xizmatlari markazi

Kalibrlash va o`lchash xizmatlari markazi metrologiyaning massa va u bilan bog`liq kattaliklar va termometriya kabi sohalarda kalibrlash xizmatlarini joriy etish va takomillashtirish maqsadida 2019 yilning iyul oyida  tashkil etilgan.Bo`lim boshlig`i: Yunusov Marat Ravilevich

tel: 78 150 26 14

Markaz massa va kichik hajmni o`lchash laboratoriyasi, bosim o`lchash laboratoriyalari guruhi va termometriya sohasida o`lchashlar laboratoriyalari guruhini birlashtirib, O`zbekiston milliy metrologiya institutining kalibrlash laboratoriyasi tarkibiga kiradi.

Kalibrlash ishlari nufuzli texnik tashkilotlarning tavsiyalari, qo`llanmalari va yo`riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Laboratoriyalar o`zlarining kalibrlash va o`lchash imkoniyatlarini tasdiqlash uchun, Milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o`lchash sertifikatlari va milliy o`lchash etalonlarini o`zaro e`tirof etish to`g`risidagi bitim (CIPM MRA) doirasida e`tirof etilgan mintaqaviy metrologiya tashkilotlari va xorijiy  metrologiya institutlari bilan pilot va qo`shimcha solishtirish ishlarida qatnashadilar.

Massa va kichik hajm laboratoriyasi   

Laboratoriya kattalik birliklarining uzatilishini, massa va kichik hajm o`lchash vositalarining ishchi va milliy etalonlargacha metrologik kuzatuvchanligini ta`minlaydi.

Laboratoriyada 1 h da 0,3 ºC va 12 h da 0,5 ºC chegarasidagi harorat, shuningdek 4 h  da 5% chegarasidagi nisbiy namlikning barqaror saqlab turilishini ta`minlovchi iqlim nazorati tizimi o`rnatilgan.

Massa birligini aniqroq uzatilishini ta`minlash maqsadida, toshlar zichligini aniqlash uchun laboratoriyada 2 kg gacha o`lchash intervaliga ega bo`lgan zichlik komparatori bilan jihozlangan.

Toshlar to`plami va massa komparatorlari 1 mg dan 20 kg gacha bo`lgan toshlarni va 20 kg gacha o`lchash intervalidagi noavtomat ishlash prinsipidagi massa o`lchash qurilmalarini kalibrlash imkonini beradi.

1 µl gacha pipetkali dozatorlarni kalibrlash uchun harakat datchigi va 80 ml hajmli katta bug`lanish tutqichiga ega bo`lgan qopqoq bilan jihozlangan elektron tarozilar mavjud.

Absolyut va ortiqcha bosim laboratoriyasi  

Laboratoriya kattalik birliklarini uzatilishini va bosim o`lchash vositalarining ishchi va milliy etalonlargacha metrologik kuzatuvchanligini ta`minlaydi.

Porshenli manometrlar va yordamchi uskunalarni qo`llagan holda, raqamli va analog indikatsiyali manometrlar, shuningdek absolyut (7 MPa gacha), manfiy ortiqcha (minus 0,1 MRa gacha) va musbat ortiqcha (500 MPa gacha) bosimni o`lchash sohasidagi datchiklar va o`zgargichlarni kalibrlash imkoni mavjud.

Shuni ta`kidlash joizki, porshenli manometrlar o`lchashlarni avtomatlashtirilgan tarzda bajarish imkoniyatiga ega bo`lib, bu o`lchash jarayoniga xodimlar ta`sirini minimallashtirishga olib keladi.

Kontaktli termometriya laboratoriyasi

 

Laboratoriya kattalik birliklarini uzatilishini va harorat o`lchash vositalarining ishchi va milliy etalonlargacha metrologik kuzatuvchanligini ta`minlaydi.

Laboratoriya simob va suvning uchlanma nuqtalari, galliyning erish nuqtasi, indiy, qalay, rux va alyuminiyning qotish nuqtalari kabi reper (qaydlangan) nuqtalarida harorat realizatsiyasi uchun ampulalar, termostatlar va pechlar bilan jihozlangan.

Laboratoriyada platinali etalon qarshilik termometrlarini va yordamchi uskunalarni qoёllagan holda, qarshilik termometrlarini, termoelektr o`zgargichlarni (termojuftliklar), raqamli va analog indikatsiyali termometrlarni minus 38,8344 °C dan (simobning uch nuqtasi) plyus 961,78 °C gacha (kumushning qotish nuqtasi) bo`lgan o`lchashlar intervalida kalibrlash imkoni mavjud.