Davlat sinovlarini o`tkazish va metrologik ekspertiza qilish bo`limi

Bo`lim boshlig`i: Arifjanov Alisher Abdullayevich
tel: 78 129-26-10

Bo`limning asosiy vazifalari:

  • O`zbekiston Respublikasida o`lchashlar birliligi va o`lchash natijalari ishonchliligini ta`minlash;
  • O`zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlarini rivojlantirish va mustahkamlash;
  • O`zbekiston Respublikasida o`tkazilgan o`lchashlar va sinovlar natijalarini chet davlatlarda e`tirof etilishiga ko`maklashish;
  • Xorijiy hamkorlar va kompaniyalar bilan shartnoma, bitimlar tuzish va amalga oshirish.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida metrologik faoliyatning barcha yo`nalishlarini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida, bo`lim tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • O`lchash vositalari turini tasdiqlash maqsdida davlat sinovlarini o`tkazish ishlarini tashkillashtirish;
  • Turi tasdiqlangan o`lchash vositalarini hisobini yuritish va O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishga, muomalaga va qo`llanishga ruxsat etilgan o`lchash vositalari to`g`risidagi ma`lumotlarni tayyorlash;
  • Chet davlatlarda ishlab chiqarilgan o`lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida taqdim etilgan hujjatlar to`plamini metrologik ekspertizasini o`tkazish;
  • O`lchash vositalarini metrologik tekshiruv natijalarini e`tirof etish jarayonlarini o`tkazish va o`lchash vositalari davlat reestriga kiritishga tayyorlash;
  • O`lchashlarni yagona birlikda bo`lishini ta`minlash sohasidagi me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va metrologik ekspertizadan o`tkazish;
  • Bo`lim o`lchashlarni yagona birlikda bo`lishini ta`minlash sohasida O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ham amalga oshirishi mumkin.

O`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish O`zbekiston Respublikasining “Metrologiya to`g`risida” gi Qonunining 24-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O`lchash vositalarini davlat sinovlaridan o`tkazish” qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

MDH davlatlarida ishlab chiqarilib turi tasdiqlangan o`lchash vositalarini metrologik tekshiruv natijalarini tasdiqlash, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktyabrdagi 292-sonli qarori asosida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o`tkazish to`g`risidagi 1992-yil 13-martdagi Hukumatlararo bitim doirasida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha Davlatlararo kengashning davlatlararo standartlashtirish (PMG 06) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi;

Shu bilan birga, import qilinayotgan o`lchash vositalarini O`zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvini amalga oshirish imkoniyati bo`lmagan hollarda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktyabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e`tirof etish tartibi to`g‘risida” gi nizomning III-sxemasiga muvofiq e`tirof etish ishlari amalga oshiriladi.

“O`zstandart” agentligining 2019 yil 04 oktyabrdagi 132-sonli buyrug`iga asosan “O`zstandart” agentligining metrologiya bo`yicha Ilmiy-texnik komissiya (ITK) a`zolarining tarkibi tasdiqlangan.  Ushbu bo`lim boshlig`i metrologiya bo`yicha Ilmiy-texnik komissiya kotibi hisolanadi.

ITK yig`ilishlarini o`tkazish bo`yicha barcha tashkiliy ishlar 10-bo`lim zimmasiga yuklatilgan.