Bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi

Yoqilg‘i, issiqlik, suv yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligi faqat magistral neft- va gazquvur yo‘llarida, neftni qayta ishlash zavodlarida, neft bazalarida, neft va gazni hisobga olish uzellarida, issiqlik- va suvta’minot tizimlarida gaz, suv, issiqlik, elektr energiyasi va neft mahsulotlari sarfini o‘lchash vositalarining asosli va mustaqil metrologik ta’minoti sharoitida kafolatlanishi mumkin.

  Ishlar va xizmatlar:

  • suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarining (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) turini tasdiqlash maqsadida sinash;
  • suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini (qiyoslash uskunalari, sarf o‘lchagichlar, hisoblagichlar, sig‘im o‘lchovlari, hisobga olish tizimlari va uzellari) qiyoslash va kalibrlash;
  • suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash usuliyatlarini ishlab chiqish;
  • o‘lchash vositalari va sinov asbob-uskunalarini metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqish;
  • suyuqlik va gazlarning hajmi va sarfini o‘lchash tizimlarini ishlab chiqish va yaratish uchun texnik topshiriq va ishchi loyihalarning metrologik ekspertizasi;
  • korrektorlar, hisoblagichlar, kontrollerlar, shuningdek taqsimlangan ASU tizimlarining dasturiy ta’minotini attestatlash;
  • standart, maxsus toraytiruvchi qurilmalar va gaz sarf o‘lchagich-hisoblagichlari yordamida o‘lchashlar birliligini ta’minlash sohasida ilmiy-texnik faoliyatning amalga oshirilishi;
  • texnik topshiriq va talablar, ishchi va texnik loyihalar, suyuqlik sarfi va miqdorini o‘lchash usuliyatlari (usullari)ning metrologik ekspertizasi.

 Bosim va vakuum O‘V qiyoslash laboratoriyasi

  • Manometrlar, vakuummetrlar, ko‘rsatuvchi (jumladan shartli shkalali), o‘zi yozar manovakuummetrlar hamda pnevmatik va elektr chiqish signallariga ega o‘lchash bosim o‘zgartirgichlari (jumladan raqamli kod ko‘rinishida);
  • Vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manovakuummetrlar;
  • Kalibratorlar, bosim beruvchilar (jumladan avtomatik);
  • Bosim o‘zgartirgichlari;
  • Differensial manometrlar, tortish kuchi o‘lchagichlari, bosim o‘lchagichlar, tortish kuchi-bosim o‘lchagichlar.