GEOMETRIK VA MEXANIK KATTALIKLARNI OʻLCHASH BOʻLIMI

Bo’lim boshlig’i: Xalilov Oybek Yuldashevich tel: 78 150-26-06 (ichki tel raqam 1206)

Oʻlchashlar birliligini, ishonchliligini taʼminlash va fizik kattalik birliklarini oʻlchamliligini yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalaridan ishchi oʻlchash vositalariga uzatish uchun boʻlimda namunaviy oʻlchash vositalari mavjud.

Sanoatning jadal qayta qurilishi roʻy berayotganini hisobga olgan holda, import texnologiyalar sotib olinmoqda, zamonaviy korxonalar ochilmoqda, mahsulot ishlab chiqarishda oʻlchashlar aniqligi, chiqarilayotgan mahsulot sifatiga boʻlgan talablar, uning raqobatbardoshligi, tashqi bozorga chiqish uchun kurash ortib bormoqda. Hozirgi kunning oʻzidayoq oʻlchashlar aniqligini oshirish, ishlab chiqarishni ishchi oʻlchash vositalari bilan taʼminlash uchun sanoat yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan jihozlanyapti.

Shu sababdan boʻlim import oʻlchash vositalarini metrologik attestatlashni oʻtkazib, korxonalarda ishlatiladigan meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam koʻrsatyapti.

Boʻlim “Geometrik kattaliklarni oʻlchash”, “Kuch va qattiqlik kattaliklarni oʻlchash” va “Vaqt va xarakat parametrlari kattaliklarni oʻlchash” va “Kichik va katta hajm kattaliklarini oʻlchash” laboratoriyalardan tashkil topgan.

Hozirgi vaqtda boʻlim 27 ta yuqori aniqlikdagi namunaviy oʻlchash vositalari va 87ta namunaviy oʻlchash vositalari bilan jihozlangan boʻlib, bu oʻlchashlar birliligini taʼminlash uchun respublika xalq xoʻjaligi yehtiyojlarini taʼminlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun boʻlimda oʻlchash vositalarini qiyoslashning yangi turlari oʻzlashtirilmoqda, mustaqil oʻqish orqali SMSITI va xalqaro metrologik institutlarda malaka oshirilmoqda.

Boʻlim faoliyati OʻzDSt ISO/IEC 17025 oʻrnatilgan talablarga muvofiqligiga boʻlim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tarqalish doirasida qoʻllanadigan oʻlchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini tasdiqlash maqsadida sinovdan oʻtkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkreditlangan.

Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

Laboratoriya geometrik kattaliklarni oʻlchash vositalarini qiyoslash boʻyicha ishlarni amalga oshirib, quyidagi yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari bilan jihozlangan: universal oʻlchash instrumenti (shtangen instrument, mikrometrik instrument, richagli-tishli), shtrixli uzunlik oʻlchovlari, burchak oʻlchovlari, chegaraviy yassi-parallel uzunlik oʻlchovlari, optika-mexanik asboblar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi 2-razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik oʻlchovlari, 2-razryadli shtrixli oʻlchovlar, 2-razryadli namunaviy shkalalar, optika-mexanik oʻlchash asboblari bilan jihozlangan boʻlib, bu 100 mm gacha uzunliklarni 0,0001 mm aniqlik bilan oʻlchashga imkon beradi.

Laboratoriya berilgan dastur boʻyicha kattaliklarni oʻlchash, raqamli hisob va raqamli bosib chiqarish imkoni boʻlgan yuqori aniqlikdagi asboblarga yega (namunaviy ekzamenator, “Mikrad” elektron yuza tekisligini oʻlchagich, “DIP-1” ikki koordinatali oʻlchash qurilmasi).

100 mm gacha uzunlikni oʻlchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µm dan 0,40 µ gacha oʻlchash xatoligi bilan, 100mm dan yuqori uzunlikni oʻlchash vositalarini 0,11 µm dan 0,55 µm (mikron)gacha xatolik bilan amalga oshiradi.

Shuningdek 2010-yildan boshlab laboratoriya ixtiyorida geodezik asboblarni (nivelirlar, teodolitlar, taxeometrlar va lazerli masofa oʻlchagichlarni) qiyoslash uchun “AUPNT” avtokollimatsion uskunasi mavjud.

Shuningdek, 2016-yilning, 10-iyunda laboratoriya geodezik GPS tizimlari, gorizontal uzunlik oʻlchash standarti POLO va geodeziya skanerini qiyoslashdan oʻtkazish uchun kengaytirish boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtgan.

Sinov labaratoriyalarini rivojlantirish, oʻlchov vositalarini bosiqchma-bosqich zamonaviy uskunalarga almashtirish maqsadida PQ-4059 “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston respublikasi prezidentining qaroriga asosan 2020-yilning yanvar oyida laboratoriya tasarufida yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uchun moʻlljalangan komparatori GBCD-100A Yaponiya davlatining Mitutoyo zavodidan harid qilindi. Ushbu komparatorning oʻlchash koʻlami 0 dan 100 mm gacha boʻlib, kengaytirilgan noaniqligi 0,00001 mm. Mazkur komparator avtomatlashtirilgan boʻlib, yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarini solishtirish orqali oʻlchashlarni amalga oshiradi. Shuni eʼtiborga olish lozimki, komparator bir qator ustunlikka yega: yassi parallel uzunlik oʻlchash vositalarni aniqlik sinifini aniqlashda, ularning oʻlchov natijalarini qayta ishlash orqali xatoliklarini avtomatik ravishda hisoblashda, natijaning talab qilinadigan aniqligi, oʻlchash jarayonini tezkorligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda qiyoslash va kalibrlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 Kuch va qattiqlik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

“Kuch va qattiqlik kattaliklarini oʻlchash laboratoriyasi” kuch va qattiqlik oʻlchash va sinash vositalarini metrologik tekshiruvi bilan shugʻillanadi. Ushbu laboratoriya  Respublikadagi  foydalanish jarayonida  boʻlgan kuch va qattiqlik oʻlchash va sinash  vositalarining metrologik kuzatuvchanligini  taʼminlaydi.

Kuch va qattiqlik oʻlchash laboratoriyasining akkreditatlash doirasida quyidagi oʻlchash va sinash vositalari mavjud:

–  kuch hosil qilish va oʻlchash mashinalari va qurilmalari;

–  siqishga va choʻzishga ishlaydigan barcha dinamometrlar va boshqa turdigi kuch oʻlchash vositalari;

–  gidravlik presslar, uzish mashinalari, avtomobil tormoz tizimini sinash uskunalar, kuch oʻlchash tizimiga ega boshqa sinash vositalari;

–  raqamli va shkalali dinamometrik kalitlar, bulilish momentini oʻlchash va sinash vositalari;

–   Rokvel, Brinnel, Vikkers, Shora qattiqlik shkalasi boʻyicha statsionar, koʻchma universial qattiqlik oʻlchash vositalar;

–  boshqa turdagi mexanik tavsiflarga ega boʻlgan  oʻlchash vositalari va sinash vositalari.

Kuch va qattiqlik oʻlchash laboratoriyasida Oʻzbekiston Respublikasining “Kuch birligi milliy etaloni” saqlanadi. Kuch birligi milliy etaloni kuch hosil qilish diapazoni 50 kN, 1000 kN gacha boʻlgan yuqori aniqlikdagi kuch hosil qilish etalonlari hamda oʻlchash diapazoni  2000 kN gacha boʻlgan naʼmunaviy dinamometrlar jamlanmasidan tashkil topgan.

Vaqt va harakat kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan Germaniya Federativ Respublikasining “Atlas International” kompaniyasi bilan hamkorlik asosida “MultaRadar CD” va “Traffistar SR290” turidagi koʻp tarmoqli transport vositasini xarakat tezligini oʻlchaydigan radiolokatsion datchiklarni qiyoslash laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriya Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining akkreditatsiyadan oʻtkazilgan “Vaqt va xarakat kattaliklarni qiyoslash va kalibrlash” laboratoriya tarkibida shakllantirildi. Shuningdek loyiha doirasida oʻrnatilayotgan “MultaRadar CD” va “Traffistar SR290”koʻp tarmoqli transport vositasini xarakat tezligini oʻlchaydigan radiolokatsion datchiklarni “ATLAS International AG” tomonidan toʻliq servis xizmatlarini koʻrsatish kafolatlanadi.“JENOPTIK Robot GmbH” korxonasining malakali mutaxassislari tomonidan onlayn oʻquv kurslari tashkil etilib 4 nafar xodimlar oʻz malakalarini oshirib maxsus sertifikatlar bilan taʼminlandilar. Shuningdek laboratoriyada Kris, Arena, Kordon-M, “AutoCon-SC/M”, “AutoCon-SC/S” va Hikvision turidagi avtotransport vositalarini xarakat tezligini oʻlchash vositasilarini  IS-24/2 tezlik imitatori orqali qiyoslash imkoniyatiga ega.

Shu bilan birga vaqt va xarakat kataliklarni oʻlchash laboratoriyasida har xil turdagi taxometr sekundomer, spidometr va motosoatlarni  qiyoslash uchun UPS-4, UT-0,5-60, UPMS-1 qiyoslash  va kalibrashda qoʻllaniladigan naʼmunaviy oʻlchash vositalari bilan jihozlangan.

Transport vositalarni analogli, elektronli va raqamli taxograflarni tekshirish va kalibrlashda vaqtni va harakatni o‘lchash sohasida metrologik nazoratni taʼminlash imkoniyati yaratildi. Buning bilan yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrash, yoqilg‘i sarfini to‘g‘ʼri va oqilona hisobini olib borish, shuningdek, umumiy avariya hodisalarini kamaytirishga erishiladi.

Kichik va katta xajm kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi

Laboratoriyada 1 va 2 razryadli 2 dm3 dan 500 dm3 gacha etalon metal oʻlchagichlarni qiyoslanadi. Laboratoriyamizda mavjud boʻlgan 1 va 2 razryadli metal oʻlchagichlar yordamida korxona va tashkilotlarning  2 dm3 dan 50 000 dm3 gacha etalon va texnik metal oʻlchagichlar, xamda yoqilgʻi tarqatish kolonkalari, suyultirilgan gaz quyish kolonkalar qiyoslanadi.

3 m3 dan 100 m3 gacha rezervuarlarni qiyoslash va graduirovkalash GOST 8.346-2000 meyoriy xujjatga muvofiq geometrik va xajmiy usulda etalon oʻlchash vositalari va rezervuarlarini graduirovkalash elektron xisoblash dasturi orqali oshiriladi.

Shuningdek,  laboratoriya avtotsisternalarni xajmiy usulda qiyoslash qurilmasi 0,2m3 dan 15m3  gacha etalon namunaviy oʻlchagichlardan iborat boʻlib 60 m3 gacha sigʻimda boʻlgan oziq-ovqat va neft maxsulotlarini tashish avtosisternalarni hajmiy usulda GOST 8.600-2011 “GSI. Avtotsisternы dlya jidkix nefteproduktov. Metodika poverki” meʼyoriy hujjatga muvofiq qiyoslanadi.

Shuningdek, 2020-yilning iyunida OʻzDSt ISO/ IES 17025:2019 talablariga muvofiq laboratoriyada akkreditatsiya doyrasining kengaytirilib “EURAMET Calibration Guide №19  Versiya 3.0 (09/2018). Rukovodstvo po otsenke neopredelennosti pri kalibrovke obyema gravimetricheskim metodom” xalqaro  xujjatga asosan A va V aniqlikdagi oʻlchash koʻlami 0,5 mL dan 2000 mL gacha sigʻmdagi kolba, silindr, pipetka, byuretka, piknometr shishali oʻlchash vositalari ni kalibrlashga akkreditlangan.