O‘zbekiston vakillari Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS) doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishdi

   Joriy yilning 9-10 aprel kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida MGSning metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasining (NTKMetr) navbatdagi 59-yig‘ilishi va metrologiya sohasida asos bo‘luvchi hujjatlar bo‘yicha ishchi guruhining (RG ODM NTKMetr) navbatdagi 24-yig‘ilishi hamda “METROLOGIYA 2024” xalqaro ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda Bitim ishtirokchi-davlatlari Armaniston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qirg‘isizton, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy metrologiya […]

Institut xodimlari ilmiy maqolasi SPRINGER va SCOPUS bazasidagi xalqaro konferensiya to‘plamida chop etildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari Sheroz Ismatullayev va Vahobjon Nishonovlarning Bosniya va Gertsegovina davlati VERLAB instituti professorlari bilan hamkorlikda tibbiyot metrologiyasi va uni O‘zbekiston Respublikasiga joriy qilishning samaradorligi yuzasidan olib borgan ilmiy tadqiqot natijalari bilan bog‘liq maqola SPRINGER va SCOPUS bazasidagi “Mediterranean Conference on Medical and Biological Engineering and Computing International Conference on Medical and Biological […]

Aniq o‘lchashlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi

   Institutning Sirdaryo filiali mas’ul xodimlari “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona direksiyasi bilan hamkorlikda hududda joylashgan korxonalarda bo‘lishib aniq o‘lchashlarga doir masalalar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazishdi. “Sirdaryo metal construction” MCHJ, “Sof plast” MCHJ hamda “Polypack” MCHJ larda bo‘lgan malakali metrologlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish barobarida o‘lchashlar aniqligi, mahsulot sifati va xavfsizligi borasida keng tushunchalar berib […]

Koʻrgazmali amaliyot darslari davomli olib boriladi

   Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali va Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti oʻrtasida yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Unga asosan talabalarga filialda amaliy koʻnikmalar berib boriladi. Shu kunlarda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 2-kurs talabalari filialda boʻlib, olayotgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirishmoqda. Talabalarga aniq oʻlchashlar sirlarini filialning malakali mutaxassislari oʻrgatishmoqda. […]

Texnik qoʻmita yig‘ilishi o‘tkazildi

Kecha O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Metrologiya bo‘yicha standartlashtirish texnik qo‘mita” (MSTQ) faoliyatini tashkil etishga qaratilgan qo‘mitaning ilk yig‘ilishi onlayn tarzda o‘tkazildi. Qo‘mita yig‘ilishida Texnik qo‘mita faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom loyihasini tasdiqlash, Texnik qo‘mita rais va uning o‘rinbosarini saylash, Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML)ning “R”va“D” toifasidagi tavsiyanomalarini Respublikaga joriy qilish va kalibrlash laboratoriyalarining xizmat qamrovini […]

O‘zbekistonda metrologiya faoliyatining 100 yilligiga O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota jamoasidan navbatdagi munosib tuhfa…

Joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Vaqt va chastota laboratoriyasi Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosining (BIPM) Xalqaro atom vaqti (TAI) guruhiga to‘la huquqli a’zo bo‘lib, xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. 2024-yil mart holatiga ko‘ra BIPM TAI da 69 ta davlatdan 90 ta laboratoriya a’zo sifatida Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC)ni shakllantirishda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston […]

Takliflar oʻzaro kelishib olindi

Kecha Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS)ning Metrologiya boʻyicha ilmiy-texnik komissiyasi Tibbiyot sohasidagi oʻlchashlar ishchi guruhi (RG IZ NTKMetr)ning 9-yigʻilish bayoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuv videokonferens aloqa shaklida tashkil etildi. Ishchi uchrashuvda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Butunrossiya optik va fizik oʻlchashlar ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIOFI) vakillari, shuningdek, Standartlar byurosi xodimlari ishtirok etishdi. Uchrashuv […]

Institut  mutaxassisi xalqaro seminarda ishtirok etdi

  O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi Azamat Taubaldiyev Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi (BIPM) Ionlashtiruvchi nurlanish bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (CCRI) ishchi guruhi tomonidan Fransiyaning Sevr shahrida BIPM shtab-kvartirasida ionlashtiruvchi nurlanish bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (CCRI) tomonidan tashkil etilgan “Terapevtik yadro tibbiyotida alfa nurlanishli nuklidlar uchun standartlar va o‘lchashlar” mavzusida xalqaro seminarda ishtirok etdi (ccri/ccri-rtwg/2024-02-22 – BIPM). Ushbu […]