“O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Ultratovush terapiya. Qiyoslash uslubiyoti” standarti asosida metrologik qiyoslash olib borilmoqda

Ushbu standart turli chastotali ultratovush terapiya apparatlarini qiyoslash tartibi, usullari va vositalarini belgilaydi.

Ultratovush terapiya apparatlari to‘qimalarni qisqarishini va cho‘zilishini, shunindek, asab periferik tizimi, tayanch-harakat tizimi davolashda foydalaniladi. Past chastota chegarasi chuqur to‘qimalarni davolash uchun yuqori chastota chegarasi esa teri yuzasiga yaqinroq yallig‘langan to‘qima uchun qo‘llaniladi.

Ozbekiston milliy metrologiya institutining malakali mutaxassislari tomonidan Ozbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Ultratovush terapiya. Qiyoslash uslubiyoti” davlat standarti ishlab chiqilgan.

Standart davlat metrologiya xizmati organlari va o‘rnatilgan tartibda ultratovush terapiya apparatlarini qiyoslash huquqiga akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari uchun mo‘ljallangan.

Ozbekiston milliy metrologiya instituti “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi”da korxona va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra Ultratovush terapiya apparatlari – o‘lchash vositasini taqdim qilganda, shuningdek,  sayyor xizmat orqali yuqoridagi davlat standarti asosida 0,05 dan 30 W gacha bo‘lgan quvvatni o‘lchash ko‘lamida hamda xatoligi yo 3 % oshmagan holda UPM-DT-50SP turdagi ultratovushli quvvat o‘lchash vositasi va OPUS 20 turdagi termo-gigrometr namunaviy o‘lchash vositalari orqali qiyoslanadi.

Matbuot xizmati