Rossiya-O‘zbekiston metrologlari ishchi guruhi hamkorligi doirasida

Joriy yilning 16-18 fevral kunlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hamkorligi doirasida metrologik faoliyat bo‘yicha o‘zaro hamkorlik darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston mutaxassislari ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Rossiya tomonidan Rosstandart davlat metrologiya institutlarining mas’ul vakillari Aleksandr Panin  Igor Blinov,  Stanislav Plotnikov va Konstantin Malkovskiylar va O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mas’ul rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida O‘zbekistondagi zamonaviy texnologik qayta jihozlanadigan metrologiya laboratoriyalari ro‘yxati shuningdek, 8 ta etalon bo‘yicha texnik vazifalar yuzasidan masalalar muhokama qilindi. Bular:

  1. Vaqt va chastota birligi boshlang‘ich etaloni
  2. Suyuqliklarni elektr o‘tkazuvchanlik xususiyati birligi boshlang‘ich etaloni 1 – va 2-toifali elektr o‘tkazuvchanlik namunalari standartini yaratish uchun)
  3. Kvantli Xoll effekti (tizimi) asosidagi avtomatlashtirilgan etalon
  4. O‘zgarmas kuchlanish kuchlanish birligi etaloni
  5. O‘zgaruvchan kuchlanish birligi etaloni
  6. O‘zgarmas elektr tok kuchi birligi etaloni
  7. O‘zgaruvchan elektr tok kuchi birligi etaloni
  8. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas elektr toki shuntidan iborat.

So‘nggi ishlar natijasida Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqi texnik Reglamenti talablariga muvofiqligini baholash tartib-taomillari bajarilishini ta’minlash maqsadida Respublikadagi metrologiya laboratoriyalarini jihozlash uchun zarur asbob-uskunalarning yakuniy ro‘yxati tuzildi.

Matbuot xizmati