Murojaatnoma boʻyicha keng tushunchalar berildi

Bugun “Oʻzstandart” agentligi bosh direktorining maslahatchisi Azamat Pardayev Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati va Murojaatnomadan kelib chiqadigan asosiy vazifalar yuzasidan keng tushunchalar berdi. Azamat Pardayev murojaatnomada keltirilgan maʼlumot va raqamlarga tayanib mamlakatimiz rivojlanishi yoʻlida barcha jabhalarda bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi. Konstruktiv tarzda olib borilgan suhbat jarayonida yigʻilganlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Tadbirda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori maslahatchisi Abdirauf Rasulov va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktori oʻrinbosari Maʼrufjon Djalilovlar ishtirok etishdi.

Matbuot xizmati