Unutilmas ajdodlar yodi…

Yurtimizning turli hududlarida boʻlgani kabi Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Xorazm, Andijon, Farg’ona va Namangan filiallarida ham “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligi”ga bagʻishlangan maʼnaviyat tadbirlari oʻtkazildi.

Madaniy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari davomida turkiy olamning buyuk zabardast shohi va shoiri, sarkarda, adib Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, oʻlmas asarlari haqida maʼlumotlar berildi.

1483-yil 14-fevralda Andijonda, Fargʻona ulusining xokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan Bobur tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning adabiyot rivojidagi ahamiyati, insoniyat tafakkuri, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni muhimligi haqida toʻxtalib oʻtildi. Yigʻilganlarga Boburning gʻazal va ruboiylari oʻqib eshittirildi.

Matbuot xizmati