E’lon !

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tashabbusi bilan Muvofiqlikni baholash va Metrologik xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida 2021 yil 1 fevral kuni soat 11:00 da “O‘zstandart” agentligining majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan davra suhbatiga yurtimiz tadbirkorlarini taklif etamiz.
Davra suhbatida sinov laboratoriyalarini metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash, metrologiya sohasidagi so‘nggi me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 528-sonli qarori mazmun mohiyati shuningdek, O‘zDSt ISO/IEC 17025-2019 standarti talablari yuzasidan keng ma’lumot va tushunchalar berib o‘tiladi.
Tadbirda qatnashish istagidagilar O‘zMMI Matbuot xizmatining 99 729-44-62 telefon raqami orqali bog’lanib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
(Tadbirda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz)