“Davlat tilida ish yuritish” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

  Ona tilimizni har tomonlama rivojlanishini istagan har bir shu yurtni farzandi, u qayerda faoliyat yuritmasin; ilm-fan, iqtisodiyot, texnika, boringki jamiyat hayotining barcha qirralarida ish yuritishi davomida til me’rlari va talablariga amal qilishi shart. Olib borilayotgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar va o‘rganishlar, umuman faoliyatning barcha turi eng birinchi davlat tilida yuritilishi maqsadga muvofiqdir. Davlat tilining mavqeini mana shu yo‘llar bilan ko‘tarishimiz, rivojlantirishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti tashabbusi bilan chop etilgan va idora va tashkilotlarga taqdim qilingan “Davlat tilida ish yuritish” kitobi faoliyat davomida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Yaqinda “O‘zstandart” agentligida mazkur kitob taqdimotiga bag‘ishlangan uchrashuvda tizim tashkilotlari hamda Markaziy apparat mas’ullariga qo‘llanmani ish yuritishda qo‘llash, undan samarali foydalanish, davlat tilida ish yuritishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida davlat tilida ish yuritish davomida hujjatlar almashinuvi kabi barcha jarayonlarda ushbu kitobning topshirilishi ayni muddao bo‘lib, jarayondagi ayrim tushunmovchiliklarga barham berildi.

Matbuot xizmati