Gaz sizishi signalizatori (analizatori) metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi

     O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) metrologlari tomonidan yangidan ishga tushirilgan «Toshkent metallurgiya zavodi» da mahsulot sifatini nazorat qilishda qo‘llanilayotgan mikrometr, shtangensirkul, manometr, bosim ko‘rsatkichlari uskunalari, termometr, manometrik termometrlar institutning maxsus laboratoriyalarida me’yoriy talablarga muvofiqligini aniqlash uchun na’munaviy yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari yordamida metrologik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Zavodda muqim holatda qo‘llanilayotgan o‘lchash va sinov vositalari sayyor xizmat orqali joyiga chiqqan holda metrologik tekshiruv amalga oshiriladi.
Yaqinda O‘zMMI malakali metrologlari tomonidan yangidan qurilib ishgatushirilgan ushbu zavodning bug‘ sexida xodimlarning xavfsizligini ta’minlashda qo‘llanilayotgan Rossiyada ishlab chiqarilgan IGM-12 turdagi gazlarni (metan – CH4 0÷100 NKPR va propan – C3H8-N2 0÷1,7% o‘lchash ko‘lamida) sizib chiqishini sezuvchi signalizatorlarni institut Fizik-kimyoviy laboratoriyasi gaz aralashmalari ishchi etalonlari yordamida xalqaro standartlar asosida metrologik tekshiruv amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun: gaz aralashmalari ishchi etalonlari metan – CH4 – 0,10 % va propan – C3H8-N2 – 0.15% mutloq kengaytirilgan noaniqlikka ega.
Hozirgi kunda zavodning mahsulotlarni sinash laboratoriyasida qo‘llanilayotgan xorijdan keltirilgan sinash vositalarini birlamchi attetatsiyalash ishlari olib borilmoqda.
Matbuot xizmati