14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

   Vatan himoyasi eng oliy burchdir. Vatanni ardoqlash, uning rivoji va gullab yashnashi uchun oʻz hissasini qoʻshish har bir vatanparvar insonning burchidir. Ona yurt tinchligi osoyishtaligi, chegaralar dahlsizligi bu eng yuksak baxtdir.
OʻzMMI Navoiy filialida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Kim vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha” shiori ostida bayram tadbiri va tabrigi boʻlib oʻtdi.
Navoiy filiali xotin qizlar jamoasi barcha yigitlarni tadbir asnosida tabriklab, samimiy tilaklar bildirishdi. Jamoadagi vatan himoyachilari – er yigitlarni bugungi ayyom bilan qutlashdi. Filial rahbari Abduaziz Xolov 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hammani tabriklab, filial xotin qizlariga barcha yigitlar nomidan minnatdorchik bildirdi.
Matbuot xizmati